Atoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atoniya (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va tonos — tonus, taranglik) — Biror aʼzo muskullari normal tonusining yoʻqolishi; ozib ketish, nerv va b. kasalliklarda kuzatiladi. Atoniya tugʻma boʻlishi ham mumkin. Atoniyada aʼzo yoki toʻqima boʻshashib, ilgarigidek ishlay olmay qoladi. Meʼda Atoniyasi, ichak Atoniyasi, bachadon Atoniyasi va b. farq qilinadi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil