Ustrushana olimlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

«Ustrushana olimlari» kitobi-Muslim Atayev tomonidan 2009-yilda yozilgan[1]. Ushbu manba "Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi bosmaxonasida chop etilgan. Adadi 3000 dona. Kitobning ma'sul muharriri Shayx Abdulaziz Mansur. Ushbu kitobda Ustrushana (ba'zi manbalarda Ustrushona, Sarushana, Suduyshana) mintaqasidan yetishib chiqqan 24 ta ulamolar va ularning qoldirgan bebaho asarlarini tadqiq etilgan. Shuningdek, kitobda Ustrushanadagi 18 ta hududlar to'g'risida qimmatli ma'lumotlar berilgan.

Ushbu asarda Ustrushanalik Hakim ibn Nasr al-Ustrushaniy, Ahmad ibn Husayn al-Ustrushaniy al-Barzaiy, Yunus ibn al-Fadl al Ustrushaniy, Luqmon ibn ash-Sha'biy Ustrushaniy,Muhammad ibn Amr ibn ash-Sha'biy al-Ustrushaniy, Ali ibn Abi Ibrohim Muhammad al-Ustrushaniy, Mutrif ibn Jamhur ibn al-Fazl al-Ustrushaniy, Fozil ibn Haydar al-Ustrushaniy, Rayhon ibn Muhammad ibn Ayub al-Ustrushaniy, Homid ibn Abi Homid Al-Ustrushaniy, Muhammad ibn Mahmud Majduddin al-Ustrushoniy va boshqa shu kabi alloma zotlarlarning hayotiy faoliyati va ilmiy merosini tadqiq etilgan ilmiy tadqiqotlar yig'indisidan iborat.

  1. Muslim Atayev. Ustrushana olimlari. - Toshkent: "Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2009. — 71 bet. bet. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]