Ustav fondi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ustav fondi — taʼsischilar — ishtirokchilarning oʻzlari tashkil etgan kompaniya, xoʻjalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul mablagʻlari majmui. Ustav fondi kompaniyaning xoʻjalik faoliyatidan olinadigan foyda hisobiga koʻpayib borishi mumkin. Ustav fondi kompaniya, jamiyatning asosiy va aylanma mablagʻlari qiymatini tashkil etadi.