Foydalanuvchi:Ro'zmatov Nabijon
Layli va Majnun (arab. مجنون و ليلى (Majnun va Laylo)) fors-turkiy romantik dostonidir. Chunki, bu dostonlarni dastlab fors tarixiy asari Shohnomada (Firdovsiy) keyinchalik shoir Nizomiy Ganjaviyning Xusrav va Shirin dostonida va buyuk turkiy shoir Alisher Novoiyning beshligi bo`lmish ''Xamsa"sida uchraydi. Voqeiy boʻlmish bu hikoya Navoiyning ''Xamsa"sida Qays ibn al-Mulavvo ismli arab yigitining Layli ismli qiz bilan ishqiy munosabatlari yoritiladi. Oʻgʻlining bu qizga uylanishiga qarshi chiqqan otasining tazyiqlari va ayriliq tufayli Qays aqldan ozib, devona boʻladi ("majnun" va "jinni" "dali'' soʻzlarining oʻzagi bir).
Nizomiy "Xamsa"sidagi "Layli va Majnun" hikoyasini tasvirlovchi miniatura. XVI asr.
Layli va Majnun - Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan folklor hamda yozma shakldagi adabiy yodgorlik. Dostonning ilk kurtaklari 7-asr 2-yarmida paydo boʻlgan. Ayrim manbalarning maʼlumotiga koʻra, doston qahramonlari tarixiy shaxslardir. Ularda Majnun Bani Omir qabilasidan chiqqan, asl ismi Qays ibn Mulavvah yoki Qays ibn Muod boʻlgan yigit, deya taʼkidlanadi. Qays Layli ismli oʻz qabiladoshini sevgan hamda oʻz sevgisi va hijron alamlari haqida mungli sheʼrlar bitgan. Bunday maʼlumot, jumladan, ibn Qutaybaning (889) "Kitob ush-sheʼr va shuaro" ("Sheʼr va shoirlar haqida kitob"), Abul Faroj al-Isfahoniyning "Kitob ul-agʻoni" ("Qoʻshiq kitobi") asarlarida keltirilgan. Lekin boshqa manbalar bu maʼlumotlarni inkor etadi. Mas, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764) va arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819) Majnun tarixiy shaxs emas, degan fikrni ilgari suradi. 7-asr 2-yarmidayoq arab sheʼriyatida Majnun taxallusi ostida koʻplab mungli sheʼrlar vujudga keladi, bunday sheʼrlar tobora koʻpayib boradi, toʻplamlarga kiritiladi. Ammo Majnun nomi zikr etilgan sheʼrlarning barchasi ham yolgʻiz bir kishiniki emas. Arab olimlari al-Johiz (9-asr) va ibn al-Muʼtaz (908)ning aytishicha, kishilar Layli nomi bilan bogʻliq barcha sheʼrlarni Majnunga nisbat beraverganlar. 11-asrda shoir Abul Bakr al-Volibiy tomonidan Majnunga nisbat berilgan barcha sheʼrlar toʻplanib, "Devoni Majnun" tuziladi. Devonda sheʼrlarga sharhlar beriladi hamda sheʼrlar Majnun haqidagi rivoyatlarning syujetiga kiritiladi.
Layli va Majnun haqida ilk bor 1188-yilda ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy doston yaratgan. Ammo u asarni Xusrav va Shirin deb nomlagan va hikoya ular haqida so`zlaydi. Nizomiy "L. va M." dostonini ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan har tomonlama yuksak darajaga koʻtardi va hamsachilik anʼanalari qatoriga qoʻshdi. Undan soʻng "L. va M." dostoniga koʻplab shoirlar murojaat qilishdi. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Alisher Navoiy qalamlariga mansub "L. va M." dostonlari mashhur. Garchi ushbu dostonlar bitta nom bilan atalsa va ulardagi voqealar tizimi bir-biriga juda oʻxshash boʻlsada, har bir muallifning "L. va M."i oʻziga xos va betakror asardir. Hozirgacha mazkur dostonning oʻzbek, arab, fors, ozarbayjon, turk, turkman, tojik, gruzin, panjob, kurd, urdu tillaridagi koʻplab variantlari mavjud. "L. va M." dostoni xalq ogʻzaki ijodi ravnaqiga ham beqiyos ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Jumladan, oʻzbek xalq ijodiyotining "Tohir va Zuhra", "Oshiq Gʻarib" kabi dostonlariga "L. va M."ning taʼsiri borligi eʼtirof etiladi.