Kontent qismiga oʻtish

Ursus arctos sitkensis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bronks hayvonot bogʻidagi ayiq
Muhofaza maqomi

Kamayib ketish xavfi ostida (IUCN3.1) [1] (ABC orollari)
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Goʻshtxoʻrlar
Oila: Ursidae
Urugʻ: Ursus
Tur: U. arctos × U. maritimus
Osttur: U. a. sitkensis
Trinomial nomi
Ursus arctos sitkensis
Merriam, 1896


Ursus arctos sitkensis yoki Sitka qoʻngʻir ayigʻi janubi-sharqiy Alyaskada va Aleksandr arxipelagining bir qism joylashgan Admiralti orolida, Baranof orolida va Chichagof orollarida (xalq tilida ABC orollari deb nomlanadi) uchrovchi jigarrang ayiqning kichik turi yoki populyatsiyasi hisoblanadi. U nafaqat qoʻngʻir ayiqlar, balki qutb ayiqlari bilan ham aloqador boʻlgan noyob genetik tuzilishga ega[2]. Uning yashash joyi nam yomgʻirli oʻrmon zonasining bir qismi boʻlgan Tongass milliy oʻrmonida ekanligi aniqlangan.

Morfologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

ABC orollarida uchrovchi mazkur ayiqlarning koʻrinishi odatda Alyaska yarim orolida yashovchi jigarrang ayiqlarnikiga juda oʻxshash boʻlib, ular sutli shokolad rangidagi moʻyna bilan qoplangan. Oqa qismida dumi boʻlib, ulkan jussaga ega[3]. Ayiq odatda sutli shokolad rangi boʻlsa-da, ayrim vakillarining yungi malladan qora ranggacha boʻlishi mumkin. Ayiqning old oyoq barmoqlarida uzun tirnoqlari boʻladi. Voyaga yetgan erkak ayiqlarning vazni oʻrtacha 195–390 kg (430–860 lb) ni tashkil qiladi, katta yoshli urgʻochilarning vazni esa oʻrtacha 95–205 kg (210–450 lb) boʻladi. Voyaga yetgan ayiqlarning boʻyi oʻrtacha 90 to 110 cm (35 to 43 in) ni tashkil etadi[ iqtibos kerak ].

Ushbu ayiqlar Tongass milliy oʻrmoni hududida yashashi sababli, ayiqlar Tongass ekotizimida joylashgan turlar bilan bogʻliq holda hayot kechiradi. Ushbu ekotizimda keng tarqalgan ikkita daraxt turi Picea sitchensis va Tsuga heterophylladir[ iqtibos kerak ].

Ursus arctos sitkensisning ratsioni mintaqa uchun endemik boʻlgan turli xil oʻsimlik va hayvonlardan tarkib topgan. Turli xil qoʻziqorin, oʻsimliklarning piyozlari, salmon malinasi va koʻk maymunjon singari rezavorlar ayiqlarning asosiy isteʼmol mahsulotidir. Hayvonlardan suvsar, sichqon, olmaxon va lasos singari jonivorlarni ovlaydi[ iqtibos kerak ].

Mazkur ayiqlar odatda yolgʻiz holda yashaydilar, oziq-ovqat manbalari koʻp boʻlgan hududlarda toʻdalanib yurish holatlari kuzatiladi. Moʻl-koʻl oziq-ovqat mahsulotlariga ega boʻlgan hududlar bir nechta ayiqlarni jalb qilishi mumkin. Ayiqlar jinsiy yetuklikka oʻrtacha 4-7 yoshda erishadilar, juftlashish may va iyul oylarida sodir boʻladi. Ushbu ayiqlar uchun qish uyqusi oktyabrdan aprelgacha, eng koʻpi iyun oyigacha davom etadi. Homilador moda ayiqlar yanvar yoki fevral oylarida uyada bolalaydilar, oʻrtacha ikki-uch tagach bola tugʻadi. Kichkintoylar onasi bilan uch yilgacha qoladi, bu vaqt ichida ona ayiq homilador boʻlmaydi[4].

Oq ayiqlar bilan bogʻliqligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu jigarrang ayiq qoʻngʻir ayiq bilan bogʻliq barcha jismoniy xususiyatlarni va xatti-harakatlarini oʻzida namoyish etadi, ammo ular mitoxondrial DNKga ega ekanligi bilan qoʻngʻir ayiqlardan farqlanadi. Bu xususiyat jigarrang ayiqlarning qutb ayiqlari bilan bogʻliqligini koʻrsatadi[5].

1996-yilda Alyaskadagi jigarrang ayiqlarning filogeografiyasi, xususan Alyaskada mavjud boʻlgan kenja turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, ayrim populyatsiyalar faqat ABC orollariga xos boʻlgan[6]. Ursus arctos sitkensis ayiqlari 0,5 million yil oldin orolda yashaganligi aniqlangan.

Odamlar bilan toʻqnashuvlar ayiqlar sonining kamayishidagi asosiy omildir. Bunday holatlar ayiqlarning shahar hududiga kirganida yoki orollardagi ovchilar tomonidan ovlanish vaqtida sodir boʻladi[ iqtibos kerak ]. Ayiqlar populyatsiyasining pasayishiga sabab boʻladigan boshqa omillarga iqlim oʻzgarishi kiradi. Iqlim oʻzgarishlari isbotlaganidek, butun turga yomon taʼsir qilishi mumkin[5].

  1. „IUCN Brown Bear subspecies status“. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  2. Stephens, Tim. „DNA Study Clarifies Relationship Between Polar Bears and Brown Bears“. University of California, Santa Cruz Newscenter (2013-yil 14-mart). Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  3. Rozell, Ned. „The Brown Bear: Father of the Polar Bear“. Alaska Science Forum (1996-yil 5-dekabr). 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  4. „Bear Conservation UK“. fourdirections.webspace.virginmedia.com. 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. 5,0 5,1 Cahill, J. A.; Green, R. E.; Fulton, T. L.; Stiller, M.; Jay, F.; Ovsyanikov, N. (2013). "Genomic Evidence for Island Population Conversion Resolves Conflicting Theories of Polar Bear Evolution". PLOS Genetics 9 (3): e1003345. doi:10.1371/journal.pgen.1003345. PMID 23516372. PMC 3597504. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3597504. 
  6. Talbot, Sandra L.; Shields, Gerald F. (1996). "Phylogeography of Brown Bears (Ursus Arctos) of Alaska and Paraphyly within the Ursidae". Molecular Phylogenetics and Evolution 5 (3): 477–494. doi:10.1006/mpev.1996.0044. PMID 8744762.