Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr arxipelagi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aleksandr arxipelagi — Shimoliy Amerika gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi arxipelag. Alyaska shtati (AQSH)ning bir qismi. 1100 oroldan iborat. Maydoni 36,8 ming km². Aholisi 30 ming kishidan ziyod. Balandligi 1432 metrgacha. Igna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bilan qoplangan. Baliq ovlanadi, darrandachilik bilan shugʻullaniladi, yogʻoch tayyorlanadi. Arxipelagda Admiralti milliy parki bor. Aleksandr arxipelagida 1741-yilda V. Bering va A. I. Chirikov ekspeditsiyasi boʻlgan. 1867-yilgacha Rossiyaga qarashli edi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil