Kontent qismiga oʻtish

Uretrotomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uretrotomiya – bu siydik yoʻllarining orqa devorini kesish boʻyicha jarrohlik amaliyoti boʻlib, yaʼni siydik yoʻllarining yaxlitligini buzgan holda jinsiy olatni pastki qismida uzunlamasıga kesma hosil qilishdan iborat boʻladi. Tibbiy maqsadlarda uretraning torayishi tufayli kateter qoʻyishning iloji boʻlmagan favqulodda holatlarda uretrotomiya amaliyoti oʻtkaziladi.[1]

Optik uretrotomiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Optik uretrotomiya – endoskop yordamida siydik chiqarish yoʻllarining (uretra) strikturasini (torayishi) ajratish operatsiyasi hisoblanadi. Uretral striktura bir qator kasalliklarning natijasi boʻlishi mumkin;

Uretraning torayishi siydik chiqarishda qiyinchiliklarga olib keladi. Bunday holda, urologik jarrohdan shoshilinch malakali yordam talab qilinadi. Operatsiya paytida optik asbob vizual nazorat ostida siydik yoʻli orqali oʻtkaziladi va uretroskopiya amalga oshiriladi – uretrani tekshirish. Siydik nayida torayishlar aniqlanganda, ular ajratiladi[2].

Uretrotomiya oʻtkazish uchun koʻrsatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qisqa striktura – bu uretraning bulbous qismida joylashgan uzunligi 1 sm dan kam boʻlgan torayish hisoblanadi. Bunday buzilish holatlarida jarrohlik amaliyoti bir marta amalga oshiriladi. Jarrohlik amaliyotidan avval dorilar orqali davolanish tavsiya qilinadi, agar davolanish natija bermasa, bemorga ochiq operatsiya buyuriladi.
  • Uretroplastikadan keyin qisqa striktura. Bunday torayishlar koʻpincha juda qisqa, ular shilliq qavatga taʼsir qiladi va siydik yoʻllaridan siydik chiqishida toʻsqinlik qiladi.
  • Prostata bezining strikturasi bilan. Ushbu manipulyatsiyadan soʻng prostata bezining transuretral rezektsiyasi ham amalga oshiriladi.[3]

Uretrotomiya uchun qarshi koʻrsatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • uretraning 1 sm dan katta strikturasi;
  • striktura jinsiy olatni uretrasida joylashmagan boʻlsa;
  • patologiya sohasida qon aylanishining sezilarli darajada buzilishi mavjud boʻlsa;
  • agar bu amaliyot avval samarasiz boʻlgan boʻlsa (qayta tiklanishda);[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]