Endoskopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Endoskopiya (endo... va skopiya — koʻrish) — kovak, ichi boʻsh aʼzolar (meʼda, toʻgʻri ichak, qovuq, bronxlar va boshqalar) ni optik asbob (endoskop) yordamida koʻrib, tekshirish usuli. Bronxoskopiya (bronxlarni), gastroskopiya (meʼdani), sistoskopiya (qovuqni), kolonoskopiya (yoʻgʻon ichakni) va boshqalar aʼzolarni tekshirish xillari bor. E. kasallikni aniqlash (meʼdaichak yarasi, oʻsmalari, sistit, kolit, bronxit, oʻsmalardan gistologik tekshirishga biopsiya — toʻqima boʻlagini olish) va davolash (yot jismlarni olib tashlash, polip, qonayotgan yaralarni kuydirish maqsadida qoʻllanadi.