Prostatit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prostatit — prostota bezinnnt yalligʻlanishi. Koʻpincha siydik chiqarish kanali (uretra) yalligʻlanganda, soʻzak, uretrit va boshqalarda infeksiya prostata beziga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan oʻtishi na-tijasida kelib chiqadi. Prostatitga sovqotish, koʻp jinsiy aloqa qilish, zax joyda oʻtirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin.

Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir prostatitda bemor tez-tez siyadi va siyganida shu soha sanchib ogʻriydi, oraliq achi-shadi, siydik jildirab tushadi; hojat vaqtida toʻgʻri ichak sohasida ogʻriq paydo boʻladi, harorat koʻtariladi. Prostata bezida abssess paydo boʻlganda, u oʻz holicha teshilishi va toʻgʻri ichak yoki siydik chiqarish kanalidan yiring oqishi mumkin. Prostatitni mutaxassis vrach davolaydi. Oʻz vaqtida davolanmasa, infeksiya atrofidagi aʼzo va toʻqimalarga oʻtishi, sepsis, kasallik surunkali tuye olishi, jinsiy zaiflik, bepushtlik kabi ogʻir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning zoʻraygan va tuzalish davrlari uzok, davom etib, siydik chiqarish kanali, oralik, sohasidagi achishish; siyganda yoki hojatdan keyin bir oz suyuklik ajralishi, shu vaqtda bezovtalanish, toli-qish surunkali prostatitga xos belgilardir.

Surunkali prostatit boʻlgan bemorlarga dori-darmonlar, fizioterapiya, shuningdek, sanatoriy va kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Kasallik zoʻriqqanda achchiq, shoʻr ovqatlar, spirtli ichimliklar, jinsiy aloqa taqiqlanadi. prostatitning oldini olishda siydik chiqarish kanali, qovuqning yalligʻlanish kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlab, batamom davolash va ichni ravon yurgizib turishga ahamiyat berish lozim. Uzoq oʻtirib ishlaydigan kishilar piyoda sayr qilishlari, yugurish, suzish, tennis va sportning boshqa turlari bilan shugʻullanib turishlari kerak[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil