Uretrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uretrit — siydik chiqarish kanali (uretra)ning yalliglanishi. Patogen mikroorganizmlar (trixomonadalar, achitqisimon zamburugʻlar, viruslar va boshqalar), shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, allergiya, shikastlanishlar sabab boʻladi.

Klinik kechishiga koʻra, oʻtkir va surunkali, qoʻzgʻatuvchisining turiga qarab soʻzakli, trixomonadali, nospetsifik U.lar farq qilinadi. Aksari erkaklarda uchraydi. Siyganda achishish, ogʻriq paydo boʻladi; uretradan yiringli chiqindi keladi. U., odatda, jinsiy aloqa qilganda gonokokkdan zararlanish natijasida yuqadi (qarang Soʻzak). Uretraga bakteriyalar (mas, ichak tayoqchasi, streptokokk, pnevmokokk) tushishi, shaxeiy gigiyena kridalarining buzilishi yoki angina, surunkali tonzillit, ogʻiz boʻshligʻi va boshqa aʼzolardagi yalligʻlanishlardan qon va limfa tomirlari orqali uretraga mikrob utishi ham U.ga sabab boʻladi. U.ga xos belgilar yuzaga kelishi bilan darhol vrachga uchrashish lozim, aks holda yalligʻlanish uretraning orqa qismi va qovuqqa tarqalib moyak ortigʻi (qarang Epididimit), prostata bezi (qarang Prostatit), urugʻ pufakchasi (qarang Jinsiy aʼzolar)nk ham yalligʻlantiradi, pirovardida bemor bepusht boʻlib qolishi ham mumkin.

U.ning oldini olish uchun shaxsiy va jinsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, organizmdagi turli yalligʻlanishlar hamda umumiy infeksion kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish muhim.