Kontent qismiga oʻtish

Ural

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ural tog`laridan yoʻnaltirildi)
Ural (Yayiq)
Tavsif
Uzunligi 2 428
Maydoni 237 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Qozogʻiston va Rossiya
Ural

Ural (ruscha: Урал) yoki Yayiq (qozoqcha: Жайық; tatarcha: Җаек; boshqirdcha: Яйыҡ; nog. Яйык) — Janubiy Ural va Kaspiyboʻyi pasttekisligidagi daryo, Rossiya va Qozogʻiston hududlarida. Uzunligi 2428 km, havzasining maydoni 237 ming km². Uraltov tizmasidan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Quyilish joyida 2 tarmoq — Yoyiq va Oltin (kema qatnaydigan) tarmoqlariga boʻlinadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi kuyi oqimida 400 m³/sek. Noyabrda muzlab mart—aprel da muzi eriydi. Asosiy irmoqlari: chapda — Or, Ilek; oʻngda — Sakmara. Baliq ovlanadi. Magnitogorsk sh. yaqinida 2 suv ombori, Irikli shaharchasida Irikli GES va suv ombori, Uralsk shahridan (Qozogʻiston) quyiroqda Kushum kanali va suv ombori qurilgan. Uralskdan Aterovgacha kema qatnaydi. U. boʻyida Magnitogorsk, Orsk, Orenburg (RF), Aterov va boshqa shaharlar joylashgan.