Kontent qismiga oʻtish

Oslo universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(University of Oslodan yoʻnaltirildi)
Oslo Universiteti
Xalqaro nomi
University of Oslo
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1811
Rektori Geir Ellingsrud
Talabalari 32 000
Manzili
1072, Blindern 0316 Oslo
Veb-sayti uio.no

Oslo universiteti (norvegcha Universitetet i Oslo, lotincha Universitas Osloensis) – Norvegiyada 1811-yilda tashkil etilgan birinchi universitet. Oslo universiteti Norvegiyadagi eng qadimgi universitet boʻlib, mamlakatning yetakchi universiteti hisoblanadi. Skandinaviya mamlakatlaridagi va dunyodagi eng yuqori reytingga ega yuzlab universitetlardan biri hisoblanadi[1]. Universitetning asl neoklassik kampusi Oslo markazida joylashgan va u bino hozirda huquq fakulteti binosidir. Ilohiyot, yurisprudensiya, tibbiyot, tarix, falsafa, matematika, tabiiy fanlar, stomatologiya, ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tarkibida bir qancha institut mavjud. Kutubxonasida ikki milliondan ortiq kitoblar saqlanadi. Universitetda oʻttiz ikki mingdan ortiq talaba taʼlim oladi va mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi[2].

Oslo universiteti Daniya va Norvegiya qiroli Frederik VI sharafiga nomlangan va hozirgi nomini 1939-yilda olgan. Oslo universiteti 1946-yilda Bergen universiteti tashkil etilgunga qadar Norvegiyadagi yagona universitet edi. Unda taxminan 27,700 talaba bor va 6,000 ga yaqin kishi ishlardi[3].

Oslo universiteti muhri Apollon lira bilan tasvirlangan va muhr 1835-yilda yaratilgan. Muhr bir necha marta qayta ishlanib, oxirgi marta 2009-yilda ishlangan.

Yuridik fakultet
  1. „Inne på topp 100 i rangering av 21.000 universiteter“. Khrono. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „About Oslo“ (en-US). European Union – Health Education and Management (EU–HEM). Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.