Universitet mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Universitet mahallasi (Farobiy koʻchasi 400) — Sobir Rahimov tumanidagi mahalla. „Allon“, „Beruniy maydoni“, „Ziyo“, Mirzo Rolib mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla aholisining yarmini UzMU talabalari tashkil etgani uchun, 1999 yil 4 fevraldan ramziy maʼnoda shu nom bilan atalgan. Aholisi 5530 kishi, asosan (95%), oʻzbeklar. Mahalla xududida UzMU, tuman hokimligi boʻlimlari, 32-poliklinika, UzMU akademik litseyi joylashgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.