Farobiy ko'chasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Forobiy koʻchasi — Olmazor va Shayxontohur tumanlarini bogʻlovchi qadimiy koʻchalardan biri. Sagʻbon va Katta halqa yoʻli oraligʻida joylashgan. Uzunligi 8 km atrofida.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab Chig'atoy koʻchasi deb nomlangan (Chig'atoy darvozasi nomidan olingan). 1970-yildan qomuschi olim Forobiy nomi bilan atalgan. Toshkentni shahar tashqarisidagi mavzelar bilan bogʻlovchi asosiy yoʻllardan biri sifatida vujudga kelgan. Koʻcha yoʻnalishi boʻlab „Allon“, „Mirzo Gʻolib“, „Universitet“, „Chigʻatoy darvoza“, „Chigʻatoy Oqtepa“, „Eski shahar“, „Boston“, „Oʻzbekiston“, „Beltepa“ mahallalari joylashgan[1].

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yoʻnalishda yana „Oʻzstandart“ agentligi, Respublika onkologiya markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Dermatologiya va venerologiya i.t. instituti, „Huvaydo“ mebellar uyi, „Chig'atoy darvoza“ bozori, Olmazor tuman „Suvsoz“ tresti, „Beruniy“ metro bekati, „Karima“ va „Valieva“ shaxsiy shifoxonalari, Chig'atoy Oqtepasi arxeologik yodgorligi, „Toʻlqin Akrom oʻgʻli]]“ va „Toʻxtaxoʻja“ jome masjidlari, Chigʻatoy qabristoni, Aviatsiya i.ch. birlashmasi pansionati, Xalq isteʼmol tovarlarining koʻrgazma-yarmarka savdosi resp. markazi, „Forobiy“, „Farovon“ toʻyxonalari, mahalla guzarlari va idoralari, dorixonalar, savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, maʼmuriy, shaxsiy va koʻp qavatli turar joy binolari, servis xizmat koʻrsatish maskanlari va boshqalar joylashgan.

Mustaqillik yillarida koʻcha yoʻnalishi boʻlab rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Eni 2 baravar kengaytirilgan. Bu yoʻnalish Kichik halqa yoʻli bilan kesishadi, Beruniy, Mirzo G'olib, Beltepa va boshqa koʻchalar bilan tutashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.