Kontent qismiga oʻtish

Ummu Varaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ummu Varaqa binti Abdulloh ibn al-Horis Ansoriya (arabcha: أم ورقة بنت عبد الله بن الحارث), Ummu Varaqa nomi bilan tanilgan, islom paygʻambari Muhammadning ayol sahobalaridan biri. Ilmli, bilimli, taqvodor va kamtar ayol boʻlgan. Paygʻambar Muhammad unga oʻz uyida namoz oʻqishini tayinlagan.

Ummu Varaqa Qur’onni toʻliq yod olgan kam sonli kishilardan biri edi. U, shuningdek, Qur’on yozib olinmasidan oldinroq uni ogʻzaki rivoyat qilganlardan biri ham boʻlgan[1].

Ummu Varaqa Qur’on tilovat qilishni bilganligi bois[2] Muhammad uni xonadonida namoz oʻqishini tayinlagan.

Ibn Saʼd rivoyatiga koʻra, Muhammad Ummu Varaqani Badr jangida unga hamroh boʻlishiga ruxsat bermagan. Varaqa Umar xalifaligi davrida qoʻl ostidagi ikki xizmatkor, bir erkak va bir ayol tomonidan oʻldirib ketilgan, xizmatkorlarlarning oʻzi esa uni oʻldirgach, qochib ketishgan[3][4].

  1. Walter, Wiebke. Women in Islam. Markus Wiener Publishers, 1981 — 111-bet. 
  2. Khankan, Sherin. Women are the Future of Islam. Ebury Publishing, 2018. 
  3. Ibn Saʼd: Kitab al-Tabaqat al-Kabir, vol. 8, p. 335.
  4. Asma Afsaruddin, "Reconstituting Womenʼs Lives: Gender and the Poetics of Narrative in Medieval Biographical Collections, " The Muslim World 92 (Fall 2002): 462.