Umedjon Barnoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umedjon Isoyevich Barnoyev
Barnoyev Umedjon Isoyevich
Tavalludi
Buxoro viloyati Romitan tumani
Fuqaroligi O'zbekiston Respublikasi
Faoliyat yillari 2021-yil dekabr- hozirgi kunga qadar
Veb-sayti www.romitan.buxoro.uz

Umedjon Isoyevich Barnoyev — Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1996-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti)ni hamda 2000-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – muhandis-mexanik, huquqshunos[2].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Keyinchalik boshqarmaning ariza va shikoyatlar boʻyicha katta maslahatchisi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish boʻlimi bosh maslahatchisi (1998—2004) lavozimlarida ishlagan.

2004—2005-yillarda Respublika Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamenti Toshkent shahar hududiy boʻlimi katta mutaxassisi, 2-darajali yuristi, 2004−2013-yillarda Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, „Oʻzpaxtasanoat“ aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018), mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi „Safari Vogue“ innovatsion turizm klasteri direktor oʻrinbosari (2018—2020), mazkur MChJ innovatsion turizm klasteri bosh direktori (2020) lavozimlarida ishlagan.

2020-yilda Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[3].

2021-yildan hozirgi kunga qadar Romitan tuman hokimi lavozimida faoliyat olib bormoqda[4].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016—2020-yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020-yil fevralida bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlanib, 2020-yil sentyabr oyida vafot etgan Oʻktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]