Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
(BMTI)
Xalqaro nomi Bukhara engineering technological institute
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Barakayev Nusratillo Rajabovich
Talabalari 6 022+
Bakalavriat 5 819+
Magistratura 203+
Professorlar 97+ ta
Manzili O’zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Q.Murtazoev ko’ch, 15.
Vebsayti BMTI veb-sahifasi

Buxoro shahrida 1958 yilda Toshkent Politexnika institutining sirtqi umumiy mexanika fakulteti ochildi. 1972 yilda mazkur fakulьtet negizida Toshkent Politexnika institutining filiali tashkil etildi.1977 yildan esa Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti mustaqil ta’lim muassasasi sifatida faoliyat ko’rsata boshladi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ -1533 –qaroriga asosan Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti negizida Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti tashkil etildi. Ikki yildan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi PQ – 1954-sonli qaroriga asosan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi. Institutda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 5580 nafar talaba va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 146 nafar talaba tahsil oladi. Institutda 430 nafar professor - o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar, ulardan 12 nafari fan doktori, professor, 117 nafar fan nomzodi, docentlar, 5 nafar (PhD) falsafa doktorlari bo’lib, professor - o’qituvchilarning ilmiy salohiyati 31,0 foizni tashkil etadi. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti asosiy faoliyati mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, engil sanoat, to’qimachilik, oziq-ovqat, neftgaz va kimyo sanoati, arxitektura va qurilish, birinchi navbatda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy va “Jizzax” maxsus industrial zonalaridagi korxonalarining yuqori malakali muhandis va muhandis-texnologlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida bakalavriat va magistratura tizimida yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek kasb xunar kollejlari maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirish, o’quv jarayonini ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan integraciyasi hisoblanadi. Institutning umumiy maydoni 25 ga. bo’lib, 4 ta o’quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi, zamonaviy sport zali va akademik litseyni o’z ichiga oladi.