Umed Habibulloyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umed Habibulloyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 12-noyabr 1978-yil (1978-11-12) (45 yosh)
Tavallud joyi Tojikiston SSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996 Sitora Dushanbe
1998–2000 Varzob Dushanbe
2001–2002 Zhetysu
2003 Hang Khong Viet Nam
2004 Nasaf 14 (0)
2004 Thể Công
2005 Shoʻrtan Gʻuzor 5 (0)
2008–2009 Xoʻjand
2010–2012 Istiqlol
Milliy terma jamoa
2004–2011 Tojikiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-yanvar 2015 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-yanvar 2015 uchun)

Umed Habibulloyev (1978-yil 12-noyabr) – tojikistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Tojikiston terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umed 1996-yilda „Sitora“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Futbolchi klub tarkibida Tojikiston chempionati doirasida 11ta oʻyin oʻtkazgan. 1998-yilda Varzob jamoasiga koʻchib oʻtgan va jamoa tarkibida uch yil davomida muvaffaqiyatli oʻyinlar oʻtkazgan. 2001-yilda Umed Qozogʻistonning „Jetisu“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Habibulloyev ikki yil mobaynida Qozogʻiston chempionatida harakat qilgan. Birinchi mavsumda u „Jetisu“ tarkibida 23 ta oʻyin oʻtkazgan va Qozogʻistonning oliy ligasida 2 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan, ammo mavsum oxirida futbolchi jamoa bilan birinchi ligaga tushib ketgan. Birinchi ligada ham Umed klub bilan bir mavsum oʻtkazgan. 2003-yildan 2005-yilgacha u navbatma-navbat Vetnam va Oʻzbekistonning Shoʻrtan klublarida oʻynagan, biroq keyinchalik faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan. 2008-yilda katta futbolga qaytgan va bir necha yil Tojikistonning „Xoʻjand“ va „Istiqlol“ jamoalari tarkibida toʻp surgan. U 2012-yilda futboldagi faoliyatini butunlay yakunlagan[1].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umed Tojikiston terma jamoasidagi debyutini 2004-yil 10-iyunda 2006-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi bahda oʻtkazgan va oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Habibullayev terma jamoadagi ikkinchi va oxirgi oʻyinini oradan 7 yil oʻtib, 2011-yilning 6-sentyabrida KXDR terma jamoasiga qarshi bahsda oʻtkazgan va bu oʻyinda ham maydonda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan[2].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Varzob

Xoʻjand

  • Tojikiston kubogi sohibi: 2008-yil

Istiqlol

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻgʻli Siyovush (2002-yilda tugʻilgan.) ham futbolchilik yoʻlini tanlagan. 2019-yildan boshlab u CSKA Moskva yoshlar jamoasi va 17 yoshgacha boʻlgan Rossiya terma jamoasi oʻyinchisi xisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]