Umarov Gʻiyos Yoqubovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Umarov Gʻiyos Yoqubovich (1921.25.12 Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968), texnika fanlari d-ri (1967), prof. (1968). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1943). Toshkent politexnika instituti dotsenti, kafedra mudiri (1950—58), Oʻzbekiston FA Fizikatexnika instituti ilmiy xodimi (1958 yildan), lab. mudiri (1960 yildan), int direktori oʻrinbosari (1961 yildan), direktori (1962—65), shu int geliofizika boʻlimi mudiri (1965—88). Ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. U RaE va RaD ning (Zemirilishini tekshirdi, fototasvirlarni radioaktiv izotop yordamida kuchaytirish usulini ixtiro qildi, shogirdlari bilan hamkorlikda lantanoidlarning 30 dan ortiq yangi izotollarini ochdi, Quyosh issiklik st-yalari qurish mumkinligini koʻrsatdi. U shogirdlari bilan Quyosh nurlarini akslantiruvchi parabolid yuzasini i.ch. uslubini yaratdi. Quyosh energiyasini toʻplaydigan yuqori trali gelioqurilmalar, Quyosh energiyasini uzoq muddat saklovchi va boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi qurilmalar ixtiro qildi. Qiyin eriydigan metallar, sopol mahsulotlarini olish, payvandlash va boshqalarni amalga oshiradigan qurilmalar yaratdi.

Uning rahbarligida issikxonalarda sabzavot va mevalarni quritkich, chigitni plyonka ostida undirish uskunalari va boshqalarning dastlabki namunalari yaratildi. Toshkent shahridagi kucha va mahallalardan biriga uning nomi berilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Yershov A.A., Solnsepoklonnik Giyas Umarov, M., 1996.