Ulug‘bek Shodibekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulug'bek Shodibekov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1996-yil 10-sentyabr
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi xonanda va aktyor

Ulug‘bek Shodibekov (oʻzbekcha: Ulug'bek Shodibekov 1996-yil 10-sentyabrda tavallud topgan) — oʻzbek qoʻshiqchisi va aktyori. Mittivines sahna rollari bilan tanilgan[1]. Xonanda va aktyor 2014-yilda „Nihol“ davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan[2].

Ulug‘bek Shodibekov aktyorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgandan soʻng faoliyatini boshladi. Ulug‘bek Shodibekov 2014-yilda Oʻzbek „Uyalchang“ (Komediya) dramasida bosh rolni ijro etganidan soʻng Oʻzbekistonda keng eʼtiroflarga sazovor boʻldi. O‘shandan beri Ulug‘bek Shodibekov ko‘plab O‘zbek melodrama filmlarida rol o‘ynashni boshladi. Xususan, 2018-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan „Qoʻshni Ulugʻbek“, „Sasha aka“ filmlari aktrisaga katta shuhrat keltirdi.

2007-yildan Ulugʻbek Shodibekov Oʻzbek, Rus va Ingliz tili tillarida qoʻshiqlar yozib ijro etishni boshlagan.

Hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulugʻbek Shodibekov 1996-yil 10-sentabrda Toshkentda tavallud topgan. 2012-yilda o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent viloyatidagi Toshkent Bank-kredit kollejiga o‘qishga kiradi va oʻqishni 2014-yilda tamomladi[3]. Ulug‘bek Shodibekov 2018-yilda Toshkent Moliya institutining sirtqi bo‘limida tahsil oldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda maktabda o‘qib yurgan chog‘ida Ulug‘bek qo‘shiqchilikka qiziqa boshladi. Ulug‘bek Shodibekov oʻzining ilk qoʻshigʻini 2008-yilda „Aziya Records“ studiyasida yozgan. Qo‘shiq nomi „Yoshligim“ pofessor Jamshid Shodiyev bilan ko‘p yillik mehnat faoliyati natijasida Ulug‘bek Shodibekov professional darajada ishlashni o‘rgandi. Jamshid Shodiyevning Ulugʻbek uchun yozgan birinchi asari „Doʻstlarim“ qoʻshigʻidir. Ushbu qoʻshiq 5 oy ichida ishlab chiqilgan[4].

2009-yilda Ulug‘bek „Aʼlo FM“ radiosi bosh muharriri Olimxo‘ja Azimov bilan uchrashadi va uning sharofati bilan ilk bor „Panterra“ studiyasi bilan shartnoma tuzadi. 2010-yilning 15—17-sentabr kunlari „Xalqlar do‘stligi“ (hozirgi „Istiqlol“) konsert zalida Ulug‘bek va uning do‘sti xonanda Sharof Muqimov „Jonim seni“ qo‘shma konsert dasturini o‘tkazadi. Bu kontsert Ulug‘bek Shodibekovning ijodiy faoliyatidagi birinchi konsert boʻldi. 2011-yil 24-may oyida oila qurdi. Oʻsha yilning sentyabr sanasida „Senideb“ nomli ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislariga taqdim etdi. Shu yillarda „Xayr edi“ (2012), „Sen teding“ (2013), „Azizam“ (2015) kabi bir qancha audioalbomlarini chiqardi. Bundan tashqari, „Aziz yurtim“ va „Eslab“ nomli konsertlaridan videomateriallarni muxlislar eʼtiboriga havola etdi. Keyingi yillarda „Pul“, „Bu hayot“, „Bemano“, „Yoshkik oʻtib zadati“, „Dotim“, „Xayolida“, „Sen Ketma“, „Onam“, „Zara“, „Qalb“, „Oʻsha Xit“, „Atayya Kun“, „Oqibat va Belissimo“ kabi xitlari Ulug‘bek Shodibekov tomonidan kuylandi[5].

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Studiya albom
2011 Senideb
2012 Xayr edi
2015 Azizam
2022 Belissimo

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]