Ulug‘ Hazrat bobo ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulug‘ Hazrat bobo ziyoratgohi
Mamlakat: O'zbekiston
Hudud: Fargʻona
Shahar: Margʻilon
Maqomi: Qabriston
Dafn etilgan: Sayyid Abdullaxon
Valixon to‘ra
Barpo etilgan: XIX asr

Ulug‘ Hazrat bobo ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Marg‘ilon shahri Jo‘raxon Sultonov ko‘chasida joylashgan qadamjo. Ziyoratgohda Maxdumi Aʼzam shajarasidan boʻlgan Sayyid Abdullaxon dafn etilgan.

Bu ziyoratgohga XIX asrning mashhur tariqat rahnamolaridan boʻlgan Qo‘qon xoni Xudoyorxonning kuyovi Sayyid Abdullaxonning chevarasi Valixon to‘ra ham dafn etilgan[1]. Valixon toʻra oʻz davrining avliyosi sifatida Ulug‘ Xon nomi bilan ham mashhurlikka erishgan.

Valixon to‘ra Qo‘qon xonlari Sheralixon, Mallaxon, Xudoyorxonlarning piri bo‘lgan va xonlikda yuz berayotgan adolatsizlarga qarshi xonlarni odillikga chorlab, ularni xalqqa zulm oʻtkazmaslikka undab kelgan.

Valixon to‘ra xalqparvar, adolatli, yurt g‘am tashvishida yonib o‘z xalqining ozodligi uchun kurashgan buyuk siymolardan biri sifatida tarix kitoblarida qayd etilgan. Uning Shohimardon qishlog‘iga ochgan yo‘li haqida koʻplab tarixiy adabiyotlarda maʼlumotlar keltirilgan. Chor Rossiyasi Qo‘qon xonligini bosib olish uchun Farg‘ona vodiysiga bostirib kirgan vaqti Valixon to‘ra Fargʻonadagi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qilgan[2].

Valixon to‘ra boshchilik qilgan milliy ozodlik harakati kuchlar noteng ekanligi va odamlarning harbiy tomondan layoqatsizligi va tajribasi yoʻqligi tufayli mag‘lubiyatga uchragan. Marg‘ilon shahrining diniy rahnamosi bo‘lgan Valixon to‘raning qo‘l ostida katta miqdorda vaqf mulklari mavjud bo‘lgan. Biroq u butun mol-mulkini xalq uchun kambag‘al yetim-yesirlarga sarflab yuborgan. Vodiyda yuz bergan notinchliklar paytida Valixonto‘raning xonadonida yuzlab beva-bechoralar panoh topib, jon saqlaganlar. Valixon to‘ra XIX asrning 80-yillarida vafot etgan va sayyidlar qabristonidagi Ulug‘ Hazrat Bobo mozoriga dafn etilgan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad Aziz Marg‘iloniy „Tarixi Aziziy“. ziyouz.com. Toshkent, Ma'naviyat. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.
  2. Когытов Н „Самозванец Пулатхан“. academia.edu. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.
  3. Nodirbek Abdulahatov, O'ktamjon Eshonboboyev „Ko'hna Marg'ilon ziyoratgohlari“. ziyouz.com. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jo‘raxon Avliyoxon. Movarounnahr sayyidlari. Jalolobod.1995. 30 bet.