Ulugʻbek xazinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ulugʻbek xazinasi
Muallif Odil Yoqubov
Janr roman
Til oʻzbek
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Nashr etilgan sanasi 1973

„Ulugʻbek xazinasi“ — oʻzbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub roman. Asarda temuriy hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbek hayoti yoritilgan. Asar Yoqubovning eng sara asari hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.

Roman ilk marotabada 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻn martadan oshiq, jumladan, 1980-,[1] 1986- (Yoqubovning uch jildi tanlangan asarlar toʻplamida)[2] va 1994-yillarda qayta nashr qilingan. Shuningdek, roman bir necha tilga tarjima qilingan. 1976-yil romanning Yu. Surovsev muallif bilan hamkorlikda oʻgirgan ruscha tarjimasi Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan.[3] Ayni tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti qayta chop etilgan.[4] Ruscha tarjima, shuningdek, 1981-[5] va 1982-[6] yillarda „Progress“ nashriyotida chop etilgan. Bundan tashqari, ruscha tarjima 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida Yoqubovning povestlari bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan.[7]

K. Seydxanov romanni rus tilidan qozoq tiliga tarjima qilgan, qozoqcha tarjima 1983-yil Olmaota shahrida „Jazushi“ nashriyotida chop etilgan.[8] Ayni yilda Toshkent shahrida „Raduga“ nashriyotida romanning rus tilidan hind tiliga oʻgirilgan tarjimasi chop etilgan.[9] 1984-yil Riga sharida „Liyesma“ nashriyotida A. Rudzgor oʻzbek tilidan oʻgirgan latischa tarjimasi chop etilgan.[10] 1987-yil Vilnyus sharida „Mintis“ nashriyotida romanning G. Kobeskayte oʻzbek tilidan oʻgirgan litvacha tarjimasi chop etilgan.[11]

Manbalar[tahrir]

  1. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  2. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  3. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  4. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  5. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  6. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  7. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  8. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  9. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  10. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.
  11. Ulugʻbek xazinasi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 06.12.2020.

Havolalar[tahrir]