Katta oʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ulug' O'rdadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Katta oʻrda, Ulugʻ Oʻrda — Oltin Oʻrdatsan ajralib chiqqan tatarlar davlati (1433—1502). Shim. Qora dengizning shim. sohili va Quyi Volga boʻyi qududidan iborat boʻlgan. 1434—59 y.larda Toʻxtamishnnnt oʻgʻli Sayid Ahmad K. Oʻ. xoni boʻlgan. K.Oʻ. tatarlarining asosiy mashgʻuloti sodda dehqonchilik bilan uygʻunlashib ketgan koʻchmanchi chorvachilik edi. K.Oʻ. yaylovlari Volgadan Dneprgacha yoyilib ketgan. K.Oʻ.da mangʻit amirlari katta siyosiy mavqeni egallashgan. Ahmad xonligi davrida (1459—81) K.Oʻ. vaqtincha kuchaygan, u 1480 y. Rusni kaytadan moʻgullarga tobe etishga uringan. Rusga qilingan muvaffaqiyatsiz yurishdan soʻng , Rus davlati uzil-kesil moʻgʻullar istibdodidan xalos boʻlgan. 1486— 91 y.larda Qrim xoni Mengli Garay K.Oʻ.ga qattiq zarba bergan va 1502 y.da esa uni tugatgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil