Kontent qismiga oʻtish

Ugom kovragi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ugom kovragi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Kovrak
Oila: Ziradoshlar
Binar nomi
Ferula ugamica

Ugom kovragi (lotincha: Ferula ugamica) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ziradoshlar oilasi, kovrak turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Toshkent viloyati uchun endemik tur. Ugom togʻ tizmasi, Chimyon togʻi va daryo atroflarida tarqalgan. Togʻlarning oʻrta va pastki qismlarida toshloq yerlarda, butalar orasida oʻsadi[1].

Balandligi 150 sm gacha yetadigan koʻp yillik, ildizpoyali oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi baland boʻyli, silliq, koʻp, yuqorisi shoxlangan. Shoxlari ingichka halqa hosil qilib oʻrnashgan. Barglari silliq, yorqin yashil rangda, qirqilgan, boʻlakchalarining uzunligi 5-9 sm, chetlari tishli. Gullari ikki jinsli, soyabon toʻpgulda joylashgan. To‘pguli poyaning uchida joylashgan, yarim sharsimon, 10-18 shu’lali, eni 5-12 sm. Soyabonchalarida koʻpi bilan 15 dona gulli shoxchalar boʻladi. Gultojibarglari sariq tusda, uzunligi 1,5 mm, yuqori qismi ellipssimon kengaygan, gulbandga birikkan qismi tor. Kosachabarglari uchburchak tishli. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun oyida gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Mevasi quruq, ovalsimon shaklda, qavariq, uzunligi 6,4-7,5 mm. Urug‘i va ildizpoyasi orqali koʻpayadi.

Efemeroid oʻsimlik gullari, urug‘i, barglari ezilganda xushboʻy hid chiqaradi[2].

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati uchun endemik tur hisoblanadi. Ugom togʻ tizmasi, Chimyon togʻi atroflarida tarqalgan. Togʻlarning oʻrta va pastki qismlarida toshloq yerlarda, mayda zarrali tuproqlarda, butalar va daraxtlar orasida oʻsadi.

  1. „Ferula ugamica“.
  2. „Ferula ugamica Korovin“. Plants of the World Online (2017). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.