Kardiff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kardiff — Buyuk Britaniyadagi shahar, Saut-Glamorgan va MidGlamorgan grafligida. Uelsning bosh shahri. Bristol qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 300 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yirik sanoat markazi, transport yoʻllari tuguni. 19-asr oxiri — 20-asr boshida mamlakatda chetga koʻmir chiqaradigan (1913 yilda 36 mln. t) eng katta port boʻlgan. K. porti orqali chetdan temir rudasi, xom ashyo, oziq-ovqat keltiriladi. K.da qora metallurgiya, mashinasozlik (shu jumladan, kema remonti), oziq-ovqat va poligrafiya sanoati korxonalari bor.

K. — Uels milliy madaniyatining markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan qasr (11-asr), Llandaf sobori (12—15-asrlar), Sent-Jon cherkovi (15-asr), ratusha binosi (1904) va b. saqlangan. Uels milliy muzeyi (1907), Uels xalq muzeyi, universitet (1893), milliy kutubxona bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil