Udmurt tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Udmurt tili
Milliy nomi:
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2
ISO 639-3
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Udmurt tili — perm tillaritn biri. Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasida, qisman Boshqirdiston va Tatariston respublikalarida, Kirov va Perm viloyatlarida hamda Krzogʻiston, Ukraina, Oʻzbekiston va Belorussiya respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 747 ming , jumladan, Udmurtiyada 497 ming kishi (20-a.ning oxirlari). Udmurt tilining 2 lahjasi bor: shim. (bir qancha shevalar hamda bessermyan etnik guruhining tili) va jan. (Udmurtiya jan.dagi shevalar hamda Vyatkaorti va Kamaorti shevalari). Udmurtiyaning oʻrta hududlarida oraliq shevalar xam uchraydi.

Udmurt tili boshqa perm tillaridan baʼzi unlilar va undoshlarning qoʻllanish oʻrni (mas, o ning soʻzning faqat birinchi boʻgʻinida kelishi), urgʻuning soʻzdagi oxirgi boʻgʻinga tushishi, 2 xil tuslanishning mavjudligi, oʻziga xos feʼl shakllari bilan farkdanadi. Leksikasida koʻplab turkiy oʻzlashmalar bor. Udmurt tilidagi dastlabki yozma yodgorliklar 18-a.ning 30-yillariga mansub. Yozuvi rus grafikasi (kirillitsa) asosida 18-a.da yaratilgan. Hozirgi adabiy Udmurt tili shim. va jan. guruh shevalariga mansub grammatik belgilar va leksikaning oʻziga xos qoʻshilmasidan iborat.