Ubegayet leto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ubegayet leto“
Andrey Gubin qoʻshigʻi
„Vsegda s toboy“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2002
Yozib olingan 2001
Davomiyligi 4:21
Matn muallif(lar)i Andrey Gubin
Bastakor(lar) Andrey Gubin
„Vsegda s toboy“ xronologiyasi
„On odna“ Ubegayet leto „Osen prishla“

Ubegayet leto“ (ruscha: Убегает лето, yaʼni „Yoz tugab bormoqda“) — rus xonandasi Andrey Gubin ijro etgan qoʻshiq. 2001-yil chiqarilgan. Xonandaning 2002-yil eʼlon qilingan „Vsegda s toboy“ nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Shuningdek, tarona xonandaning „Vremya romantikov“ (2004) hamda ikki diskdan iborat „Kolleksiya“ (2014) terma albomlariga ham kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham Gubinning oʻzi yozgan[2].

„Ubegayet leto“ qoʻshigʻi Gubin reperturaridagi eng keng tanilgan taronalarning biridir. Gubin taronani „Pesnya goda-2001“ festivalida ijro etgan. Qoʻshiq uchun klip suratga olinmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Всегда с тобой“ (inglizcha). Spotify. Qaraldi: 2-oktyabr 2022-yil.
  2. „Песня года 2001 (часть 2) / Леонид Агутин, Витас, Катя Лель, Андрей Губин и др.“. YouTube (12-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]