Kontent qismiga oʻtish

Txtng: the Gr8 Db8

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Txtng: Gr8 Db8 — tilshunos Devid Kristal tomonidan yozilgan kitob hisoblanadi. Ushbu kitobda asosan matnli xabarlar va ularning zamonaviy koʻrinishlari, qisqartmalar savodxonlikka taʼsiri haqida fikr boradi.

Kitobning sarlavhasi logogramma boʻlib, u Texting: The Great Debate (Matnli xabarlashuv: buyuk munozara) degan maʼnoni anglatadi. Kristal oʻz kitobida matnli xabarlardan foydalanish va uning til va savodxonlikka taʼsirini oʻrgangan. Tadqiqotlar va eksperimental natijalarga asoslanib, u SMS tilidagi kabi qisqartmalar va jargonlardan foydalanish, bolalarning savodxonligi pasayishiga va notoʻgʻri imloga olib keladi degan mashhur fikrlarga qoʻshilmaydi.[1]

Asosiy fikrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristal oʻz kitobida quyidagi fikrlarni ilgari surgan:[2]

  • Odatda, matnli xabarlarda soʻzlarning 10% dan kamrogʻi qisqartiriladi.
  • Qisqartirish yangi tilni yaratish emas; aksincha, u koʻp oʻn yillar davomida mavjud boʻlib kelgan.
  • Bolalar ham, kattalar ham SMSlashish tilidan foydalanadilar, kattalarni shu yoʻldan foydalanish ehtimoli koʻproq.
  • Talabalar odatda uy vazifasi yoki imtihonlarida qisqartmalardan foydalanmaydilar.
  • Matnli xabarlarni yuborish notoʻgʻri imloning kelib chiqishiga olib kelmaydi, chunki odamlar matnli xabar yuborishdan oldin soʻzlarni qanday yozishni bilishlari kerak.
  • Matnli xabarlarni yuborish odamlarning savodxonligini oshiradi, chunki bu odamlarga oʻqish va yozish orqali oʻz tillari bilan shugʻullanish imkoniyatini beradi. Ushbu holat, ayniqsa, maktab yoshidagi bolalar uchun judayam foydali.
  1. „The Times Review, Txtng: The Gr8 Db8“. 2011-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.
  2. David Crystal’s Blog

Qoʻshimcha oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]