Tutta Larsen
Tutta Larsen | |
---|---|
Tavalludi |
ruscha: Татьяна Анатольевна Романенко 5-iyul 1974-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Kasbi | teleboshlovchi, radioboshlovchi, qo'shiqchi, jurnalist, aktrisa |
Bolalari | Luka Zaharovich Romanenko, Marfa Valeryevna Koloskova, Ivan Valeryevich Koloskov |
Otasi | Anatoliy Lukich Romanenko |
Onasi | Yelena Mixaylovna Romanenko |
Tutta Larsen (haqiqiy ismi: Tatyana Anatolyevna Romanenko; 1974-yil 5-iyul) – rus televideniyesi va radiosi boshlovchisi, jurnalist, qoʻshiqchi, aktrisa hamda dublyaj ustasi. „MTV Russia“ musiqa va koʻngilochar kanalining sobiq vijeyi, 2004—2006-yillardagi „Potseluy navilet“ viktorinasining muallifi, 2005-yilda „Bum goda“ shousini oʻtkazgan; „Stolitsa FM“ va „Vesna FM“ radiostansiyalarining, „Mat i ditya“ telekanali va boshqa telekanallarning sobiq boshlovchisi. Oʻzining „subyektiv televideniyesi“ TUTTA asoschisi va boshlovchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi tasvir | |
---|---|
Tutta Larsen |
Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tutta Larsen 1974-yil 5-iyulda tugʻilgan[1]. Otasi – Anatoliy Lukich Romanenko (1945-yilda tugʻilgan), radiofizik. Onasi – Yelena Mixaylovna Romanenko (1951-yilda tugʻilgan), filolog, jurnalist va ssenariynavis. Buvisining ismi – Tatyana (1929—2017). Uning nevarasi (boʻlajak Tutta Larsen)ga aynan buvisining ismi qoʻyilgan. Kichik singlisi Yekaterina (1983-yilda tugʻilgan). Amakisi – Yuriy Belenkiy (1956-yil 4-mayda tugʻilgan), kino prodyuseri. Amakivachchasi – Mixail Yuryevich Belenkiy (1984-yil 11-martda tugʻilgan), ssenariy muallifi va aktyor. Yana bir amakivachchasi – Polina Yuryevna Belenkaya (1986-yil 6-iyunda tugʻilgan), aktrisa.
Tatyana yetti yoshga toʻlganda, otasi oilani tark etgan. Biroz vaqtdan soʻng onasi qayta turmushga chiqqan. Maktabda Tatyana ertaklar, tomoshalar va KVNni tashkil qilishni yaxshi koʻrgan. Aktrisa ingliz tilini oʻrgangan, yoshligida ekstremal turizm, qoyaga koʻtarilish, alpinizm, baydarka va orientiringni, undan soʻng esa baletni, velosipedda uchishni va futbolni yaxshi koʻrgan. 1990-yilda Makeyevka shahridagi musiqa maktabini klassik gitara boʻyicha, 1991-yilda esa oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan.
Maktabni bitirgandan soʻng darhol Moskvaga joʻnab ketgan va Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1996-yilda[2] Iqtisodiy jurnalistika va reklama diplomini olgan.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Televideniye
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jurnalist 1994-yilda oʻqish paytida BIZ-Enterprises kompaniyasining reklama boʻlimida stajirovkadan oʻtgan va u yerda teleboshlovchi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Aynan oʻsha paytda, „Novosti BIZ-TV“ va „Chyornaya pyatnitsa“ dasturlarida ishlaganida, Tatyana qizil tulki Lyudvig Larsen va yosh tovuq Tutta Karlsonning ismlaridan kelib chiqqan holda Tutta Larsen ijodiy taxallusini olgan.
Tatyana 1996—1998-yillarda Muz-TV kanalida musiqiy koʻrsatuvlar boshlovchisi boʻlib ishlagan. 1996-yildan 2002-yilgacha u Radio Maximumda DJ boʻlib ishlagan va „S persem po jizni“ mualliflik dasturida muqobil musiqa haqida gapirgan. 1998-yil sentyabrdan 2008-yil iyulgacha[3][4] MTV Rossiya kanalida vijey sifatida ishlagan.
Tutta Larsen 2008-yilda, MTV Rossiya telekanalida oʻn yil ishlagandan soʻng, oʻzining ish faoliyatini Zvezda telekanaliga koʻchirgan[5], u yerda yil oxiriga kelib Ulugʻ Vatan urushi haqida ikkita hujjatli film chiqargan, unda jurnalist Tatyana muallif va taqdimotchi sifatida ishtirok etgan. Bu filmlar: „Spisok Margariti“ va „Basleney. Pravo na jizn“ boʻlgan. 2009-yilda xuddi shu telekanalda boshlovchi oilaviy baxt haqidagi „Oddiy mo''jiza“ hujjatli formatdagi bir qator original dasturlarni tayyorlagan. 2010-yil 2-aprelda Gʻalaba kunining 65 yilligi munosabati bilan Zvezda telekanalining kechki koʻrsatuvida boshlovchi Tutta Larsen bilan haftalik „Buyuk Gʻalaba uchun“ tok-shousi boshlangan, yarim soatlik suhbat mavzusini Ulugʻ Vatan urushi haqidagi badiiy filmlar namoyishi ochib bergan.
Tatyana 2010-yil 23-apreldan 2014-yil 15-avgustgacha Olga Shelest, Alla Dovlatova, Lena Perova, Rita Mitrofanova, Marina Golub, Mariya Golubkina va Olga Maksimova bilan birga Rossiya-1 kanalidagi „Devchata“ axborot-koʻngilochar tok-shouning besh mavsumining barchasida boshlovchilardan biri boʻlgan. Tutta Larsen, shuningdek, Muz-TV kanalidagi „Ispitanie vernosti“ dasturining yangi mavsumi boshlovchisi ham boʻlgan. Bundan tashqari, „Radost moya“ oilaviy raqamli kanalida Larsen „Vishe krishi“ dasturini oʻtkazgan.
Aktrisa 2012-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan „Yevrovideniye 2012“ qoʻshiqlar tanlovining Rossiya hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan. 2016-yilda Mixail Kozyrev[6] bilan birgalikda „Emmi 2016“ marosimini sharhlovchisi ham boʻlgan.
Jurnalist Tatyana 2015-yil may oyida oʻzining onalik, bola tarbiyasi, psixologiya va munosabatlar masalalariga bagʻishlanganTUTTA TV kanalini ochgan.
Tutta Larsen 2017-yil dekabr oyidan beri qizi Marfa bilan birgalikda „Karusel“ bolalar telekanalida „Zavtrak na ura!“ dasturini olib bormoqda. 2019-yilda dastur nomi „Yeda na ura!“ deb oʻzgartirilgan.
2021-yil may oyidan boshlab u turmush oʻrtogʻi Valeriy, bolalari Marfa va Ivan bilan birgalikda „Karusel“ bolalar telekanalida „Semya na ura!“ dasturini yuritib keladi.
Radio
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tatyana 2007-yildan beri „Mayak“ radiosida Dmitriy Gluxovskiy va Konstantin Mixaylov bilan birgalikda tandemda ishlaydi. Aynan shu radioda 2009-yildan beri Vladimir Averin bilan sheriklikda „Shou Tutti Larsen i Volodi Averina“ va „Tsentralniy komitet“ dasturlarini olib boradi. 2010-yilda Barnauldagi „Mayak“ radiosida „Shou Tutti Larsen i Gii Saralidze“ kechasini oʻtkazgan.
2014-yildan – „Vesna FM“ radiostantsiyasida „Bolshaya riba. Vecherniy Live“ dasturining boshlovchisi[7] boʻlib faoliyat yuritib lelmoqda. „Vera“ radiosida „Vremya radosti“ va „Semeynie istorii“ dasturlarini, „Kapital FM“ radiostansiyada „V dole“ mualliflik dasturini, „Mat i Ditya“ telekanalida „Ot nolya do pyati“ dasturlarini olib boradi.
Boshlovchi 2020-yil iyun oyidan boshlab „Komsomolskaya pravda“ radiosida „Vzroslie lyudi“ dasturini ham olib boradi[8].
Musiqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tatyana Jazzlobster va Thaivox musiqiy guruhlarida solist boʻlgan va ular bilan qoʻshiqchi sifatida bir nechta takrorlanmas albomlar yozgan. 1998-yilda Tutta Larsen oʻzining yagona albomi Newbodyforms ni chiqargan.
Aktrisa turli qoʻshiqlarni yozishda ishtirok etgan va 2000-yilda „I. F. K.“ guruhining „Nebo“ videosida rol ham oʻynagan, qoʻshiq uzoq vaqt davomida MTV Rossiya kanalida „Top 20“ xit-paradda birinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u Anatoliy Krupnovning „Dorojnaya“ (1998), „NAIV“ guruhining „Se lya v“ („Takova jizn“) (2004) qoʻshiqlarining videolarida chiqish qilgan. 2006-yilda „Priklyucheniya Elektronikov“ guruhining „Zvenit yanvarskaya vyuga“ videoklipida ham rol ijro etgan.
Kino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktrisa bir nechta teleseriallarda mehmon yulduz sifatida rol oʻynagan. Bular, asosan, uning amakisi, taniqli kino prodyuseri Yuriy Belenkiyning „Prostie istini“ (1999), „Slova i muzika“ (2004), „Obrechyonnaya stat“ (2005—2007) loyihalari boʻlgan. Tatyana, shuningdek, 2006—2007-yillarda Argentina-Rossiya teleserialining „Tango vtroyom“ dublyajida ham ishtirok etgan.
Tutta Larsen 2009-yilda „Devyat“ animatsion filmining rus tilidagi versiyasini dublyaj qilishda ishtirok etgan, u yerda bosh qahramonlardan biri – Yettinchiga ovoz bergan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktrisaning birinchi turmush oʻrtogʻi – Maksim Galstyan, „I. F. K.“ guruhining gitarachisi. Tatyana va Maksim oʻrtasidagi nikoh 1992-yildan 2000-yilgacha yaʼni sakkiz yil davom etgan. Ularning bolalar boʻlmagan. 2000-yilda Tutta Larsen Maksim Galstyan bilan ajrashganidan bir hafta oʻtgach, hali tugʻilib ulgurmagan qornidagi farzandidan ayrilgan. Chaqaloq qiz bola boʻlgan.
Tatyananing roʻyxatdan oʻtmagan yaʼni rasmiylashtirilmagan nikohi ham boʻlgan. Norasmiy nikohdagi turmush oʻrtogʻi Zaxar Artemyev boʻlgan. Zaxar Artemyev- jurnalist va yozuvchi, qoʻshiqchi Pavel Artemyevning akasi.
Oʻgʻli – Luka Romanenko (2005-yil 20-mayda tugʻilgan). Luka monastirning pravoslav xususiy gimnaziyasida, musiqa maktabida oʻqigan, u yerda pianino oʻrgangan, suzish va aykido bilan ham shugʻullangan. Tatyana oʻgʻliga otasining bobosi sharafiga ismini Luka Romanenko qoʻygan. Lukaning choʻqintirgan otasi uning amakisi Yuriy Belenkiy, onasi esa shifokor Viktoriya Borisovna.
Tutta Larsenning keyingi turmush oʻrtogʻi– Valeriy Koloskov (1984-yil 10-yanvarda tugʻilgan), Saratovning „Bridge“ jazz guruhining qoʻshiqchisi. 2009-yilda ular turmush qurishgan va nikohni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazgan. Koloskov aktrisaning oʻgʻli Lukani asrab olgan. Ularning ikki farzandi bor.
Qizi – Marfa Koloskova (2010-yil 8-iyulda tugʻilgan). Marfa teatr toʻgaragiga, suzishga boradi va chet tilini ham oʻrganadi.
Oʻgʻli – Ivan Koloskov (2015-yil 1-iyulda tugʻilgan).
Siyosiy pozitsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlagan. Aktrisa 2023-yilda uzoq intervyu bergan va u yerda oʻzining rus harbiy ofitserlariga qoyil qolishini bildirgan.
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh | Albom | Chiqarilgan yili | Qoʻshiq |
---|---|---|---|
Jazzlobster | Uchites plavat: Urok vtoroy | 1996 | Escapist |
Thaivox | Newbodyforms | 1998 | |
Depesha dlya Depeche Mode | 1998 | Little 15 | |
Future Sounds Of Moscow 2 | 2000 | Gde?.. | |
I. F. K. | Absolyut | 1998 | Nebo |
NAIV | Jivoy i nevredimiy | 2004 | Se lya vi (Takova jizn) |
Priklyucheniya Elektronikov | A nu-ka, devushki! | 2006 | Zvenit yanvarskaya vyuga |
Moey dushe pokoya net |
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-yil – „Prostie istini“ – kameo
- 2002-yil – „Svetskie xroniki“ (1-qism „Yangi toʻplam“) – kameo
- 2005-yil – „Molodi i schastlivi“ – televideniye yulduzi
- 2005-2007 – „Obrechyonnaya stat zvezdoy“ – kameo
- 2008-yil – „Lovushka“ – teleboshlovchi
- 2011-2012 – „Krovinushka“ – kameo
- 2013-yil – „Vezuchaya“ – jurnalist
Ovozlashtirish
- 2002-yil – „Krovavaya Melori“ – Malori
- 2005-yil – "Koshmar pered Rojdestvom " (animatsion film, rus tilidagi musiqiy moslashuv, Mixail Kozyrev loyihasi) – Salli
- 2006—2007 -yillar „Tango vtroyom“ (Argentina, Rossiya) – ayol rollarining bir qismi
- 2007-yil – „V gosti k Robinsonam“ (animatsion film) – Frenni
- 2009-yil – „Rok-volna“ – Marianna, Karlning qiz doʻsti (Talula Rayli roli)
- 2009-yil – „Devyat“ (animatsion film) – Yettinchi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-yil – „Eng yaxshi teleboshlovchi“ nominatsiyasida „Sifat belgisi“ maxsus professional matbuot mukofoti.
- 2019-yil – Muqaddas Gabriel Melekes medali (Rus pravoslav cherkovi Melekes yeparxiyasining rasmiy mukofoti).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rasskaz Tutti Larsen o eyo pravilnoy date rojdeniya i ranee suщestvovavshey oshibke v Vikipedii
- ↑ „Наш дом на Моховой“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-fevral.
- ↑ „Тутта Ларсен: «MTV мне больше неинтересно»“. Собеседник (2008-yil 28-iyul). 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Тутта Ларсен сбежала с тонущего MTV?“. Московский комсомолец (2008-yil 10-iyul). 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.
- ↑ „Канал «MTV» подметает «новая метла»“. Myjane.ru (2008-yil 18-sentyabr). 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.
- ↑ „«Амедиатека» покажет церемонию «Эмми-2016» в прямом эфире | Jurnal Tele-Sputnik“. telesputnik.ru. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Команда радиостанции «Весна FM». Тутта Ларсен — ведущая программы «Большая рыба. Вечерний Live» (2014)“. vesna.fm. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Взрослые люди“. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Elena Esaulova . Tatyana Romanenko: „Tutta Larsen ketmadi. U endigina ulgʻayib ketdi“. „Shahar yangiliklari“ gazetasi (Krasnoyarsk) // gornovosti.ru (2013 yil 1-noyabr)
- VIDEO. Tutta Larsen ishtirokidagi videolar. „TV atrofida“ // vokrug.tv
- Xanjonkovodan Tutta