Tutak ota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tutak ota
qishloq
Tutak ota
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Yakkabogʻ tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Map
Tutak ota qishlogʻi xaritada

Tutak ota — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatiga, qarashli Yakkabogʻ tumanidagi qishloq[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tutak ota tarixi oʻrta asrlarga borib taqaladi. Qishloqning paydo boʻlishi va bu yerda odamlarning yashay boshlashi haqida turli taxmin va afsonalar mavjud. Tutak soʻzini etimologik jihatdan tahlil qiladigan boʻlsak, tutak — soʻgʻdiycha tutk, togʻ shamoli, balandlikda joylashgan yer kabi maʼnolarni anglatadi. Yana bir manbada keltirilishicha Amir Temur Kesh Dorugʻasi lavozimida boʻlgan vaqtlarda soxta shayxlar koʻpayib ketadi va ularga aniqlik kiritish uchun sinovdan òtqazadi. Qishning qahraton sovuq kunlarida Shodi Shayx Valiy ismli shayxning hozirgi Tutak ota hududi oʻrnida joylashgan maskaniga tashrif buyuradi. Shodi Shayx Valiy shayx darajasiga yetishganligining belgisini koʻrsatishi kerak bòladi. Shunda shayx shogirdlari bilan qishning qahratonida(90 ni kunida) chiqib bir lagan tut bilan tokni (yaʼni uzumni) Amir Temur va uning askarlari oldiga olib kelib qòyadi. Shundan keyin qishda tut ham tok ham pishmasligini yaxshi bilgan Amir Temur shayxga tan beradi va òz otini soʻyishni buyuradi. Amir Temur qishloqdan chiqayotgan paytda essiz otim yaxshi ot edi deya koʻnglidan oʻtqizadi va bu shayxga yetib boradi va Shodi Shayx Valiy Amir Temurning otini shogirdlaridan qaytarib jónatib yuboradi. Shundan keyin shayxga tut bn tokni qish boʻlishiga qaramay pishirganligi uchun tutak ota nomi beriladi. Keyinchalik bu nom shayx yashagan qishloq nomiga aylanadi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq aholisi 2023-yilning 1-aprel sanasiga koʻra 1228 kishini tashkil qilib, 254 xoʻjalik istiqomat qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gʻulomxon Gʻafurov, Ibodulla Shaymardonov, JumanTuxliev. Yakkabogʻ tumani. Toshkent: Sharq, 1997 — 192 bet.