Tursunqul Mamatqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tursunqul Mamatqulov
Vafoti Farg‘ona viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1919—1937-yillar

Tursunqul Mamatqulov (1903-yil tavallud topgan — 1938-yil vafot etgan)  — Viloyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i. Farg‘ona viloyati harbiy komissariatida sektor boshlig‘i. Surxondaryo okrugi Jarqo‘rg‘on tumani partiya komiteti sekretari,  Quva MTS siyosiy bo‘lim boshlig‘i. Farg‘ona okrugi Toshloq tumani partiya komiteti sekretari.

Hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

T. Mamatqulov 1903-yilda Farg‘ona viloyati Oqariq qishlog‘ida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. Manbalarda uning oilaliligi, Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani Ohunboboyev qishlog‘ida istiqomat qilgani qayd etilgan[1].

Maʼlumoti — quyi, 1916-yilda Farg‘ona shahridagi 7-yillik maktabda tahsil olgan.

1938-yilning oktyabr oyida o‘tkazilgan Harbiy SSSR Oliy sudi kollegiyasi sayyor sessiyasining yig‘ilishida 15 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yilda shaharga yaqin joyda joylashgan bosmachilarni tugatish bo‘yicha otryadga ishga kirgan va u yerda 1920-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan.  1920-1922-yillarda Farg‘ona shahar militsiyasida bosmachilarga qarshi kurashda faol qatnashgan, 1922-1923-yillarda esa qidiruv bo‘limida boshliq bo‘lib jinoyatchilarga qarshi kurash olib borgan. 1923-yil-1925-yil OGPUning maxsus bo‘limida, 2-otliq brigadasida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik 1925-1927-yillar davomida Farg‘ona viloyati harbiy komissariatida sektor boshlig‘i,1928-yil gacha viloyat komsomol komiteti targ‘ibot-tashviqot bo‘limi mudiri bo‘lib ish olib borgan. Keyinroq u partiya ishiga o‘tkazilgan va Qo‘qon uyezd-shahar partiya komitetida targ‘ibot-tashviqot bo‘limi mudiri sifatida faoliyatini davom ettiradi.  1929-yildan to 1930-yil]]gacha Marg‘ilon tumani partiya komitetining sekretari, 1931-1932-yillarda Surxondaryo okrugi Jarqo‘rg‘on tumani partiya komiteti sekretari bo‘lib ishlagan. 1933-1935-yillar oralig‘ida Quva MTS siyosiy bo‘lim boshlig‘i, 1935-yildan boshlab Farg‘ona okrugi Toshloq tumani partiya komiteti sekretari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ushbu lavozimda 1937-yil sentyabr oyigacha, yaʼni  hibsga olinguniga qadar xizmat qilgan[3].

Uning faoliyati munosib taqdirlanib, 1933-, 1934-, 1935-yillari O‘zKompartiya Markaziy Komiteti, O‘rta Osiyo respublikalari yer ishlari xalq komissarlari Markazning vakilligi tomonidan pul va buyum mukofotlari bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat, 425-ish — 149–150 bet. 
  2. RF FXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 541 bet. 
  3. Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.