Turkiya yangi davri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Respublika sari mashaqqatli yo‘l[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yilning 30-oktyabrida tuzilgan Mudros bitimi Antanta va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi Birinchi jahon urushidagi harbiy harakatlarga chek qo‘ydi. O‘sha davrda inglizlar Yaqin Sharqda kommunikatsiya va tabiiy (neft) resurslarni nazorat ostiga olgan edi. Britaniya hukumatining orzulari ro‘yobga chiqdi, yaʼni Yaqin Sharqda to‘liq ingliz  tartibi o‘rnatildi. Bitimga, asosan, Bosfor, Dardanel, Istanbul, Antanta qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi. Turkiya hukumati rahbarlari Anvar Poshsho, Talʼat Poshsho, Jamol Poshsholar o‘z yaqinlarini olib nemislarning kemasida Germaniyaga qochishdi. Bitim imzolsh marosimiga kelgan dengiz vaziri Rauf Bey shunday deydi: “Bitim biz o‘ylagandan ham ziyoda bo‘ldi. Millat g‘ururi va davlatimiz mustaqilligi saqlanib qoldi”.

Mudros bitimi imzolanganda M.Kamol Halabda edi. U turk armiyasi qoldiqlarini qabul qilish uchun Adanaga yetib keldi. Bosh vazir Ahmed Izzat Poshsho unga ingliz qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatmasdan Istanbulga qaytishini aytdi. M.Kamol poytaxtga qaytib, Bosh shtabga o‘tdi. Imperiya rahbarlari Parlament deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazgach, uni Sulton qabul qildi. 3-noyabrda ingliz qo‘shinlari tomonidan Mosul okkupatsiya qilindi. 10-noyabrda Fransuz va Ingliz harbiy kemalari Novorossiyskka kirdi. 9 oy davom etgan turk okkupatsiyasidan so‘ng Batumi egallandi. 1918-yildan boshlab ruslar turk qo‘mondonligidan Kavkazortini tashlab chiqib ketishni talab qildi. 1919-yil mart oyida inglizlar Samsun orqali Urfaga yetib kelishdi. 27-noyabrda Istanbul inglizlarning Qora dengiz armiyasi qo‘mondoni Jorj Milin shtabi bilan kelishib, ittifoqchilar armiyasini Turkiyaga masʼul qilib tayinladilar. Noyabr oyida okkupatsiya guruhlari va Antanta kemalari Turkiyaga kirib kelgandi. AQSh qo‘shinlari Istanbul, Bosfor va Dardanell orqali qish o‘rtalarida Qora dengizga kirib keldi, o‘n minglab qurol-aslaha Turkiya hududiga joylashtirildi. Mersin, Adana va Iskendurun shaharlarini fransuzlar nazoratga olgan, yunonlar Izmirni egallagandi. Komissar etib britananiyalik admiral tayinladi. Sulton Vahdeddin Turkiyaning g‘olib bo‘lgan davlatlar bilan munosabatlarini yaxshi tutib turishi lozim edi. 1918-yil 21-dekabrda Vahdeddin okkupantlarning tazyiqi ostida parlamentni tarqatib yuboradi. 1919-yilning mart oyida sulton qayn ukasi Farid poshshoni bosh vazir, hukumat boshlig‘i qilib tayinlaydi. Barcha hodisalar turk aholisi orasida okkupatsiyaga qarshi tashkilotlarning tashkil qilinishiga olib keld. Turkiya okkupatsiya qilingandan so‘ng Sharqiy O‘rta Yer dengizi, Yaqin Sharq, Rossiyaning janubi, Qrim, Kavkaz va Kaspiy dengizi bo‘yi hududlariga aralashish imkoni tug‘ildi. Sharqiy O‘rta Yer dengizida, Yaqin Sharqda, Bolqonda va Rossiya janubida Qrim, Kavkaz va Kaspiy bo‘yi hududida bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalangan ingliz armiyasi bo‘ldi.

Denikin o‘z memuarlarida shunday yozgan edi: “Bunday katta hududda faol harakatga o‘tgan jangovar inglizlar va fransuzlar o‘zaro chiziq bilan bo‘lib olishdi. Bu hudud Bosfordan Don bo‘ylab Saritsingacha borardi”. Uning so‘zlaridan yana shu narsa ma’lum bo‘ladiki Istanbul, Anatoliyani egallagan okkupantlar Yevro Osiyoning katta hududlari, Rossiya hududlari, Qora dengiz, Kaspiy dengizi havzalarini, Kavkaz va Bolqonlarni nazorat qilish va harbiy harakatlar olib borish imkoniga ega bo‘ldi. Denikinning ta’kidlashicha Istanbulga kelgan yuqori lavozimli shaxslar Rossiyada tartib o‘rnatish kerakligini aytishardi. Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti xalqlari hududlarning bir qismini bolsheviklar qo‘llab-quvvatlashga tayyor edi. Bolsheviklarga qarshi qattiq qarshilik ko‘rsatayotgan viloyatlar orasida Dog‘iston ham bor edi. U yerga katta miqdorda qurol va harbiy zahiralar, hatto turk askarlari ham kirib keldi. U yerda fashizm kayfiyati yuqori darajada edi.[1]

Tashqi siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yilning 2-sentyabrida Turklar Bakuni egallab oldi, Dog‘istonda turk posbonlari paydo bo‘ldi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra u yerga turk diviziyasini kiritish vaʼda qilindi. Barcha yo‘llar Rossiyadan Ozarbayjonga Anatoliyaning Shimolidan o‘tar edi, shuning uchun bu yo‘l ishonchli qo‘llarda bo‘lishi shart edi. Rossiya bilan aloqalar kuchli edi. Dog‘istonga turli qo‘shinlar kela boshladi. 1918-yilning noyabr oyidagi kapituliyatsiyadan keyin eshelonlar Bakuga va Tiflisga ketdi. Ularning o‘rniga Roulenson boshchiligidagi inliz otryadi keldi. Dog‘iston imomi Najmiddin Rossiya bilan aloqani targ‘ib qilib boshladi. Janubga hukmron Rossiya qo‘shinlarining kirib kelishi mag‘lub bo‘lgan Turkiyaga nisbatan interventsiya hisoblanardi. Istanbul shahri boshqaruv uchun qulay norasmiy shtab kvartiraga aylandi. Bu hol Turkiyadagi keyingi hodisalarning rivojlanishini belgilab berdi.[2]

Aytib o‘tish lozimki, Usmoniylar imperiyasi va Shimoliy Kavkaz xalqlari o‘rtasida azaliy yaqin qarindoshchilik aloqalari o‘rnatilgandi. Usmoniylar hukumati mudhish xatoga yo‘l qo‘ydi. 1853-yil Qrim urushi davrida imom Shamil Shimoliy Kavkazda Ruslarga qarshi jang qilayotganda, Usmoniylar armiyasi bilan aloqa o‘rnatgandi, lekin hech qanday natijaga erishilmadi.

Kavkaz mojarosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yilning bahorida Kavkaz xalqlari bolshiveklar taʼsiriga kirib qolgandi. Kavkazga inglizlar kirib kelgandan keyin ular Denikin qo‘shinlarini bolsheviklarga qarshi jang qilishi, Kavkaz ularning ishlariga aralashmasligini talab qildi. Denikin armiyasining har qanday mustaqil harakati inglizlar tomonidan man qilinardi. Shunday qilib, butun Kavkazortida ingliz okkupatsiyasi o‘rnatildi, ularning qo‘shinlari bolshiveklarga qarshi kelmadi, chunki bu yer turklar va nemislardan ozod hudud edi. General Tomson bitta batalyon bilan Maxachqaʼlani egallab tog‘ hukumatini maʼnaviy qo‘llab rus taʼsirini siqib chiqarmoqchi edi. Bu murakkab kurashda turli siyosiy kuchlar bor edi. 1917-yilning oktyabr voqealaridan keyin turk hukumati rasmiy va norasmiy ravishda Kavkaz siyosatiga aralashdi. Turkiya Kavkazni zahiradagi hudud sifatida saqlab qolmoqchi edi. 1918-yilning 30-oktyabrida yuqori lavozimli shaxslar Kavkazda oʻz birodarlarini topishdi. Tog‘ tashkilotlari uch tomon: Turkiya, Gruziya va Ozarbayjondan mablag‘ olishardi. Bir vaqtning o‘zida turli siyosiy yo‘nalishlarning quroliga aylanib, xalqning noroziligi yuzaga kelishi uchun zamin bor edi. Og‘ir iqtisodiy sharoit, o‘zaro dushmanlik mahalliy ma’muriyatning adolatsizliklari chetdan ta’sir bo‘lmasa, urushga aylanmas edi. Gruziya Nuri-poshshoning rejalaridan qo‘rqardi. Nuri-poshsho yaqin kelajakda bu mamlakatni islom fanatizmi oqimlari bilan to‘ldirib tashlashini aytib tahdid solardi. Ozarbayjon turk ofitserlarini qo‘mondonlik tarkibiga instruktorlar sifatida yuborardi. Majlis Kereselidzini tog‘ respublikasi qo‘shinlari qo‘mondoni qilib tayinladi. Ali-hoji va Uzun-hoji Kavkaz hukumati tomonidan Chechiniston va Dog‘istonga boshliq etib yuboriladi. Gruziya va Ozarbayjon chet ellik missionerlarga milliy tog‘ respublikasining harakatini qo‘llab-quvvatlamaslikni so‘rab murojat qilishdi. Xalq gvardiyasi qurukltoyida Kavkaz orti xalqlarining Rossiyaga qo‘shib olinishi Angliyaning ishi emasligi aytildi. Milliy ozodlik harakati rahnamosi Mustafo Kamolga Mudros bitimi imzolangandan keyin Suriya chegaralaridan chaqirib olindi. Bu paytda u inglizlarga qarshi jang qilardi. Mustafo Kamol 13-noyabr kuni dushman floti shaharda qanday kelgan bo‘lsa shunday ketishini aytdi. Uning bu so‘zlari interventlarga qarshi qanchalik qattiq kurashga chog‘langanidan darak berar edi. Izmirda 1919-yilning 15-mayida turklar har xil hududlarda paydo bo‘lgan okkupantlarga qarshi harakatlarni boshlab yuborishdi. Milliy kuch hisoblangan Quvvai Millie tashkiloti paydo bo‘ldi. Bu yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan, zaif partizan otriyatlari edi. Shunga qaramay, ular dushmanga qarshi kurashga bel bog‘lagan birinchi tashkilot edi.

Baʼzi ofitserlar Egey tomonga yashirincha borib, u yerda vatanparvarlarni yig‘ib portda askarlarni yunonlarga qarshi chiqish uchun tayyorlardi. Gollandiyalik turkolog Erik So‘rrix o‘zining ilmiy ishida manbalarga asoslangan holda shunday yozadi: “Vatanparvarlik chiqishlarining birinchi ishtirokchilari – partiya a’zolari edi. M.Kamolning birodarlari birlashib interventlarga qarshi kurash olib bordilar. Shunday qilib interventlarga qarshi birinchi front Anatoliyaning G‘arbida paydo bo‘ldi. Ayniqsa, yunonlar tomonidan Izmir, Manisa, Turgutlu, Oydin, Nazilli shaharlari egallangandan keyin ko‘rina boshladi. Kamol bu paytda okkupatsiya qilingan Istanbulda faol harakat olib borardi”.

M. Kamol siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

M.Kamol Anatoliyaga ko‘chib o‘tdi. 1919-yilning 30-aprelida rasmiy ravishda to‘qqizinchi armiya qo‘mondoni qilib tayinlangandi. Shtab Erzirumda joylashgandi. Okkupantlardan ozod qilingan joyda ishonchli odamlardan shtab tuzildi. M.Kamolning o‘zi Samsunga ketdi. Ketishidan oldin u sulton Mahmud VIning duosini oldi, Samsunda joylashgan 200 ingliz askarlari parokanda holatda edi. Kavkazda ham inglizlarning ahvoli shunday edi. Kavkazda bo‘layotgan jiddiy qarama-qarshiliklar haqida Denikinning kundaliklaridan bilib olish mumkin. 1918 yilning kuzidan boshlab, mustaqil Gruziya va bosib olingan Sochi hududlarida ruslarning xususiy va davlat mulki talon-toroj qilindi. Rossiyaga yon bosuvchi har turli unsurlar taʼqib ostiga olindi. Shu bilan birga bolsheviklarga yordam va ularni qurollantirish harakatlari amalga oshirildi. Umumiy o‘g‘rilik va bosqinchiliklar odatiy holga aylandi.

Sochi okrugi inglizlar bilan kelishuvga ko‘ra betaraf makon deb tan olindi. Bu muammo bo‘yicha London va Konstatinopolga Denikinning so‘rovnomalari javobsiz qoldi. Denikinning yozishicha, Sochi voqeasi hamma uchun kutilmagan natijalarga olib keldi. Sochi okrugi ingliz boshqaruvining kelishuvi va talabiga ko‘ra egallangan edi. Uokker tomonidan yuborilgan polkovnik Uayt Sochiga keldi va u yerdan “ingliz nazorati o‘rnatilishi” munosabati bilan Ko‘ngillilar ko‘shinini darxol olib chiqib ketish talabini ilgari surdi, ammo rad javobini oldi. 1919 yilning yanvarida Bzibi daryosining ikki yonini egallagan polkovnik Faynsning ingliz rotasi paydo bo‘ldi. Bu bilan Denikinning gruzin armiyasi bilan harbiy muajarosi yakun topmadi, bir oz vaqtdan so‘ng Gruziya ko‘shini Bzibini kechib o‘tish harakatlarini qayta boshladi. 1919 yilning 4 aprelida gruzin ko‘shinlari ingliz postlari va Bzibi daryosini to‘siqsiz kesib o‘tib, Denikin ko‘shinlariga zarba berdi, shu paytning o‘zida front ortida yashillar ko‘zg‘olon ko‘tardi.

Rassiya Turkiya munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]

General Denikin o‘z kundaligida keltirgan bu va boshqa maʼlumotlar, shunga guvohlik beradiki, Rossiya va Turkiyaga nisbatan intervensiyaga jalb qilingan ingliz bosqinchilari 1919 yilning boshidayoq u yerlarda intizom o‘rnatishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan. Oldinda esa ularni yanada ko‘proq qiyinchiliklar kutar va o‘z kuchlari yordamida ularga bas kela olmas edi. Har qanday holatda ham Istanbuldagi ingliz qo‘mondonligi va sulton turk armiyasi jangovor generali M.Kamolning Anatoliyaning sharqiy qismiga nazorat safariga umid bog‘lashgan edi. 1919 yilning 19 mayida Izmirga yunon ko‘shinlarining kirganidan sanoqli kunlardan so‘ng, sultonning harbiy noziri Mustafo Kamol Samsunga yetib keldi va Samsun janubidagi Xavza shaharchasida o‘z qo‘shini bilan joylashib oldi. U yerdan Amasiyaga o‘tdi. Anatoliyadagi ozodlik harakatining keng ko‘lamliligida shaxsan ishonch hosil qilgach, M.Kamol uni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Shamsuddinovning fikriga ko‘ra, “Kamol o‘sha davrda mamlakatdagi ozodlik harakati podshohning “muqaddas” bayrog‘i ostida rivojlanishi kerak edi” deb hisoblagan. M.Kamol o‘z safdoshlari bilan birga bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakatini boshqarish, aniqrog‘i uning harakatlarini muvofiqlashtirishga kirishdi. Uning ilk qilgan ishi, harbiy qismlar qoldiqlari bilan aloqa o‘rnatib, ularni tinchlik bitimi talablarini bajarmaslikka chaqirdi va qarshilik ko‘rsatish zarurati haqida xabarnomalar yubordi. Shu yo‘sinda Istanbuldagi chiqishlar ommalashib ketdi.[3]

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdullayev, A. Turkiya tarixi — 122 bet. 
  2. Abdullayev, A. Turkiya tarixi — 134 bet. 
  3. Abdullayev, A. Turkiya tarixi — 137 bet. 

Adabiyotlar Roʻyxati.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya tarixi. Abdullayev.N.A. T.2018.y