Turkiya avtomobil sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkiyadagi avtomobil zavodlari
TEMSA, Otokar va BMC kabi Turk avtomobil kompaniyalari dunyodagi eng yirik van, avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.

Avtomobil sanoati Turkiya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasida muhim rol oʻynaydi. Turk avtomobil sektori kompaniyalari asosan Marmara viloyatida joylashgan.

2012-yilda Turkiyada ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari 1 million donadan oshdi.[1] Turkiya avtomobilsozligi, avtomobil ishlab chiqaruvchi va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi klaster orqali 20 mlrd AQSh dollari qiymatoda avtotransport vositalari va komponentlar eksport qilish orqali, butunjahon ishlab chiqarish tarmogʻining ajralmas qismiga aylandi. Quyidagi global avtomobil ishlab chiqaruvchilar, Turkiyada oʻz ishlab chiqarish quvvatlariga ega, Fiat/Tofaş, Oyak-Renault, Hyundai, Toyota, Honda va Ford/Otosan.

Sanoati asoslarini 1950-yilga borib taqaladi. Oʻsha davrda, Turk avtomobil industriyalari (TOE) korxonasi tomonidan REO rusumli harbiy yuk mashinalari ishlab chiqarila boshlandi va keyinchalik boʻlsa International Harvester tomonidan yuk mashinalari ishlab chiqarila boshlandi. Avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha qisqacha foray qisqa toʻxtatildi. 1961-yilda Devrim nomli birinchi mahalliy avtomobil, poezd ishlab chiqaruvchi TÜLOMSAŞ korxonasi tomonidan tayyorlandi. 1959-yilda Otosan yigʻish zavodi ochilishi bilan, 1966-yilda mahalliy Anadol nomli avtomobilining ommaviy ishlab chiqarishi boshlandi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

TÜLOMSAŞ dagi Devrimning soʻnggi namunasi
Anadol A1 (Ford Otosan da ishlab chiqarilgan)
Tofash Murod 124
Oyak-Renault 12
Anadol DTM-16 (Ford Otosan da ishlab chiqarilgan)
Karsan Peugeot J9
Etox Zafer Coupé Ankaraning Eryaman tumani, Göksu Bogʻi yaqinida

Turkiyadagi birinchi yigʻilgan avtomobil, Ford Motor Company bilan hamkorlikda 1929-yilda yigʻilgan Ford rusumli avtomobil edi.Oʻsha paytlarda kuniga 48 dona avtomobil yigʻilar edi. Biroq, ishlab chiqarish 1930-yildagi iqtisodiy inqiroz tufayli toʻxtatilgan.

Turk Willys Overland rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish uchun,1954-yilda Turkiyaning Tuzla shahrida Jeep zavodi tashkil etilgan.

1959-yilda litsenziya asosida Ford Motor Companyning modellarini ishlab chqarish uchun Otosan zavodi tashkil etilgan.

1961-yilda Eskişehir shahridagai Tülomsaş zavodida, Devrim sedani ishlab chiqarildi. Birinchi mahalliy loyihalashitirilgan va ishlab chiqarilgan Turk avtomobili edi.

1964-yilda Izmirdagi BMC zavodida litsenziya asosida Britaniya Motor Korporatsiyasining Ostin va Morris transport vositalari ishlab chiqarila boshladi. BMC brendini keyinchalik Turkiyaning Çukurova Group kompaniyasi tomonidan 1989-yilda sotib olingan va hozirda barcha BMC modellari ishlab chiqaradi.

1966-yilda Anadol boʻldi birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan Turk avtomobil markasi aylandi. Barcha Anadol modellari Istanbul shahridagi Otosan zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan edi.

1968-yil Bursada Fiat modellarini litsenziya ostida ishlab chiqaradigan Tofaş zavodi ochildi.

1969-yilda Bursada Renault modellarini ishlab chiqaruvchi Oyak-Renault zavodi tashkil etildi.

Bundan tashqari, Toyota, Honda, Opel, Hyundai, Mercedes-Benz va MAN Truck & Avtobus kabi global avtomobil ishlab chiqaruvchilari, Turkiyadagi oʻz zavodlarida, avtomobillar, vans, avtobuslar va yuk mashinalarini ishlab chiqarishadi. ularning turk zavodlari. Shuningdek, BMC, Otokar va TEMSA kabi tur avtobus va yuk mashinasi ishlab chiqaruvchilari ham mavjud.

2004-yilga kelib Turkiya-yiliga 518 ming dona transport vositalarini, asosan Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlariga, elsport qilar edi.[2]

2006-yilda Yevropa Investitsiya Banki Tofash kompaniyasiga, PSA Peugeot Citroën va Fiat Auto bilan birgalikda Yevropa bozori uchun yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish uchun, 175 million evro miqdorida kredit ajratdi. Kredit, jami investitsiya 400 million evroning bir qismi edi va kompaniyaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va 5 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish uchun moʻljallangan edi. Avtomobillar Bursadagi Tofash zavodida,-yiliga 135 ming dona ishlab chiqarilishi moʻljallangan edi.[3]

Birinchi Etox(Turk sport avtomobillari ishlab chiqaruvchisi) Zafer taqdimoti 2007yil 30 avgustda boʻlib oʻtdi.

Koʻpla mamlakatlardagi kabi, global moliyaviy inqiroz, Turkiya avtomobil sanoatiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi. 2009-yil mart oyida, Turkiyaning Avtomobil sanoati uyushmasi(OSD) maʼlumotiga koʻra, mazkur-yilning ikki oyidagi ishlab chiqarish 63 %ga, eksport esa 61,6 %ga kamaygan edi, oʻtgan-yilning huddi shu davriga solishtirganda.[4]

Ishlab chiqaruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nofaol[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Anadol
  • Askam
  • Devrim
  • EVT Avtomobil
  • Imza
  • Otoser
  • Özaltın

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilgi butunjahon avotmobil ishlab chiqaruvchlari xaritasi.

2010-yilda Turkiya Germaniya (5,819,614), Fransiya (3,174,260), Ispaniya (2,770,435) va buyuk Britaniya (1,648,388), Rossiya (1,508,358) va Italiya (1,211,594) dan keyin, mos ravishda, 1,124,982 avtotransport vositalari bilan Yevropada avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha 7 oʻrin boʻldi.[5]

2008-yilda Turkiya 1,147,110 avtotransport vositalari bilan, Yevropada 6 yirik ishlab chiqaruvchi (Italiyadan yurorida va Buyuk Britaniyadan keyin), dunyoda 15chi yirik ishlab chiqaruvchi boʻlgan.[6][7]

2002-yilda birlashgan 6 kompaniyalarning yoʻlovchi avtomobillar ishlab chiqarish hajmi birgalikda 726000 dona edi, 2006-yilga kelib 991621 donani tashkil qildi.[8] Bu koʻrsatkich 2002-yilda quyidagicha taqsimlangan edi, Fiar/Tofaş 34 %, Oyak/Renault 31 %, Hyundai/Assan va Toyota har biri 14 %dan, Honda 4 % va Ford/Otosan 3 % edi.

Turkiya avtomobilsozligi, avtomobil ishlab chiqaruvchi va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi klaster orqali 2008-yilda deyarli 23 mlrd AQSh dollari qiymatoda avtotransport vositalari va komponentlar eksport qilish orqali, butunjahon ishlab chiqarish tarmogʻining ajralmas qismiga aylandi.[9]

Mahalliy Turk avtomobili[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 2 noyabrda, Turkiyaning Birlashgan Palatalar va Tovar Birjalari tashkiloti qoshida, turkiyaning 5ta avtomobil ishlab chiqaruvchilari mahalliy elektromobilni yaratish uchun birlashma elon qilinadi va 2018-yil TOGG nomi bilan tashkil topadi.[10][11] Pininfarina kompaniyasi tomonidan yaratilgan birinchi prototip va dizaynlar ommaviy axborot vositalarida 2019-yilda taqdim etildi va ommaviy sotuv boshlanishi 2022-yildan boshlanishi rejalashtirildi.[12]

5 xil turdagi elektr avtomobillar(C-segment hatchback, C-segment sedan, C-segment MPV, C-segment SUV va B-segment SUV) ishlab chiqariladi va-yiliga 175 ming dona elektromobillar ishlab chiqariladi.

TOGG birlashmasi oʻz ichiga quyidagi turk kompaniyalarini oladi:

  • Anadolu Guruh
  • BMC
  • Kıraça Holding
  • Turkcell
  • Vestel

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Turkish auto industry at full throttle despite the slowdown in Europe“. Invest in Turkey. 13-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2013-yil.
  2. „TURKEY: CAR EXPORTS ESTIMATED. | Goliath Business News“. Goliath.ecnext.com (8-iyun 2005-yil). Qaraldi: 3-aprel 2011-yil.
  3. „Turkey’s car industry in perpetual motion“. Eib.org (8-iyun 2006-yil). Qaraldi: 3-aprel 2011-yil.
  4. „Car industry turns into a Turkey - BUSINESS NEW EUROPE“. Businessneweurope.eu (27-mart 2009-yil). 15-oktabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2011-yil. Arxivlandi 2009-10-15 Wayback Machine saytida.
  5. „OICA: WORLD MOTOR VEHICLE PRODUCTION BY COUNTRY, 2005-2006.“ (PDF). Qaraldi: 3-aprel 2011-yil.
  6. „Türkiye otomotiv sektöründe büyüyor“. Ulaşım Online (29-iyun 2009-yil). Qaraldi: 6-iyul 2009-yil.
  7. „2008 PRODUCTION STATISTICS“. OICA. 1-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2011-yil.
  8. Özpeynirci. „Otomotiv üretiminde 17’nciliğe yükseldik, Belçika’yı da geçtik“ (Turkish) (27-iyun 2007-yil). Qaraldi: 29-avgust 2008-yil.
  9. „Otomotiv İhracatı 2008'de 22 Milyar 944 Milyon Dolara Ulaştı“. Haberler. 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2011-yil. Arxivlandi 2015-12-08 Wayback Machine saytida.
  10. Jay Ramey. „Turkey Bets on EVs with the Pininfarina-Designed TOGG“. autoweek.com (30-dekabr 2019-yil).
  11. „TOGG Official Website“. togg.com.tr. Qaraldi: 3-aprel 2020-yil.
  12. „5 Turkish companies take part in consortium for domestically-made car production“. Daily Sabah (2-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.