Turgʻun Azizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Turg‘un Tursunovich Azizov (30-noyabr 1934, Toshkent) – aktyor va rejissyor. O‘zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat san’at institutini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor. Aso-siy rollari: Ferdinand ("Makr va 213muhabbat"), Ilyos ("Sarvqomat dilba-rim"), Eydzi ("O‘g‘irlangan umr"), Mar-kTuysk ("Oqpadar"), Niyoz ("Noma’lum kishi"), Yo‘lchi ("Qutlug‘ qon"), G‘ofir ("Boy ila xizmatchi"), Edmund ("Qirol Lir"), Ulug‘bek ("Mirzo Ulug‘bek"), Amir Nasrullo ("Nodirabegim"), Otello ("Otello") va boshqa Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli "O‘limdan kuch-li" spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon ("Gang uzra tong"), Ba-kir ("Maftuningman"), Amir Nasrullo (Nodirabegim"), Ota Maqsumov ("Uzoq-yaqin yillar"), Mirzakarimboy ("Pa-rol – Regina mehmonxonasi"), Dadaboy ("Qo‘qon voqeasi", telefilm) kabi ob-razlar yaratdi. Liriko-dramatik va ro-mantik plandagi rollarni zo‘r ehtiros va jo‘shqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar harakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda ko‘p ma’no anglatishga, qahramonining his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalarini ta-biiy ifodalashga intiladi.Rejissyor sifatida "Mirzo Ulug‘bek", "Alisher Navoiy", "Mehrobdan chayon", "Chimildiq", "Mashrab" (hammasi M. Abdullayeva bilan hamkorlikda) kabi spek-takllarni sahnalashtirdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil