Turesh Ollanazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Turesh Ollanazarov (1916.11.9, Qoʻngʻirot) — rejissyor, teatrshunos, dramaturg, tarjimon. Oʻzbekiston xalq artisti (1963). Moskvadagi teatr sanʼati instituti qoraqalpoq studiyasini (1939), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini (1951) tugatgan. Qo- 1 raqalpoq teatrida rejissyor (1939—47), bosh rejissyor (1951 — 59), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimining tarix, til va adabiyot institutida boʻlim mudiri (1959—66; 1968—74), katta ilmiy xodim (1983 yildan), Qoraqalpoq madaniyat vaziri (1966—68), Toshkent madaniyat institutida kafedra mudiri (1974—83). Oʻz ijodi bilan qoraqalpoq milliy teatri, rejissurasi va aktyorlik sanʼatini professional darajaga koʻtargan. "Maysaraning ishi", "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Alpomish" (N. Dovqorayev, J. Obidov bilan hamkorlikda), "Tengini topgan qiz" (A. Oʻtepov), "Ogʻriq tishlar" (Abdulla Qahhor), "Vassa Jeleznova" (M. Gorkiy), "Oʻgʻirlangan baxt" (I. Franko), "Tartyuf" (J. Molyer) kabi spektakllari oʻtkir ifodaviyligi bilan ajralib turadi. "Oshiq Gʻarib" (A. Begimov bilan hamkorlikda), "Ravshan" (J. Oymirzayev bilan hamkorlikda), "Aypbergen Musayev", "Oydoʻs bobo" kabi dramatik asarlar, "Qoraqalpoq teatri" (1966), "Sanʼatimiz qaldirgʻochlari" (1969), "Qoraqalpoq Sovet dramaturgiyasi tarixi masalalariga doyr" (1987) va boshqa ilmiy asarlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil