Turboreaktiv dvigatel
Turboreaktiv dvigatel - tortish kuchi reaktiv soplodan chikayotgan gaz oqimi xisobiga hosil boʻladigan aviatsiya gazturbinali dvigateli. Tovush tezligidan yuqori tezlikda uchadigan samolyotlarda marsh dvigateli yoki tikka koʻtarilibqoʻnadigan samolyotlarda koʻtarish dvigateli sifatida ishlatiladi. Uchish paytida unga kiradigan atm. havosi havo olish mexanizmida, keyin turbokompressorda siqiladi. Siqilgan havo yonish kamerasiga uzatiladi, bu yerga ayni paytda suyuq kimyoviy yonilgʻi (aviatsiya kerosini) purkaladi. Yonilgʻi alangalanganda hosil boʻladigan gazlar qisman turbinada kengayib, kompressorni aylantiradi. Turbina va reaktiv soplo oʻrtasiga joylashtirilgan forsaj (tezlatish)kamerasida qoʻshimcha yonilgʻi yondirib, tortish kuchini ancha (30— 40%) oshirish mumkin. Turboreaktiv dvigateldan havokosmik samolyotlarning birinchi bosqichida ham foydalanish mumkin (qarang Aviatsiya dvigateli).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |