Aviatsiya dvigateli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aviatsiya dvigateli – uchish apparatlari (samolyot, vertolyot va boshqalar) ni harakatlantiruvchi issiqlik dviga-teli. Birinchi A.d bug‘ dvigateli edi; u 1885 yilda A. F. Mojayskiy samolyotiga o‘rnatiddi. Keyingi Aviatsiya dvigateli barcha mamla-katlarda ichki yonuv dvigateli asosida loyihalana boshladi. Keyinchalik aso-siy Aviatsiya dvigateli sifatida yengil dvigatel deb hisoblangan, benzin bilan ishlaydigan Aviatsiya dvigateli ishlatildi. 20-asr 40-yillaridan key-in gaz turbinasi va reaktiv dvigatelta o‘tildi.Aviatsiya dvigateli havo vintining aylanishidan tortish kuchi hosil kiluvchi vintli, tortish kuchi reaktiv soplodan katta tezlik bilan chiqayotgan ish gazlaridan hosil bo‘ladigan reaktiv, asosiy tortish kuchi havo vinti bilan va qo‘shimcha (8–12%) yonish mahsulotlari oqimi hisobiga hosil qilinadigan turbovintli xillarga bo‘linadi. Vintli Aviatsiya dvigateli o‘z navbatida porshenli va turbovintli dvigatelga bo‘linadi. Uchish paytida turbovintli dvigatelga (1-rasm) kirayotgan havo bo-sim bilan diffuzor (kirish qurilmasi)da, keyin kompressor 2da siqiladi, siqilgan havo kompressordan yonish ka-merasi 3 ga o‘tadi. Bu yerga nasos for-sunka orqali yonilg‘i purkaydi. Yonishdan hosil bo‘lgan gazlar turbina soplosi 5 ga yo‘nalib, unda atmosfera bosimidan sal oshiqroq holatgacha kengayadi va tezligi oshadi. Soplodan chiqqan gazlar turbina 4 parraklariga urilib, unga havo vin-ti 6 ta kompressorni harakatlantirish uchun yetarli energiya beradi. Havo vinti optimal aylanishlar sonida aylanishi uchun dvigatel va havo vinti o‘qlari ora-siga reduktor o‘rnatiladi.Porshenli Aviatsiya dvigateli eng yaxshi takomil-lashgan samolyotga 750 km/soat gacha tezlik bera oladi. Porshenli Aviatsiya dvigateli tezligi katta bo‘lmagan, ya’ni 200–500 km/soat tezlikda uchadigan samolyotlarga, turbo-vintli Aviatsiya dvigateli esa 500–800 km/soat tezlikda uchadigan samolyot va vertolyotlarga o‘rnatiladi. Ikkinchi jahon urushi oxirlarida paydo bo‘lgan birinchi turboreaktiv dvi-gatellar samolyot tezligini 960 km/soat gacha oshirishga imkon berdi. Turbore-aktiv Aviatsiya dvigatelida yonish kamerasiga forsun-ka orqali suyuq yonilg‘i purkaladi, kom-pressor bilan esa havo beriladi. Yonilg‘i yonganda kamerada bosim ortadi, qizigan gaz oqimlari soplo orqali o‘tib, gaz tur-binasi parraklariga intiladi va turbi-nani aylanishga majbur qiladi.60-yillarning ikkinchi yarmidan tik uchadigan va qo‘nadigan samoletlar uchun ancha yengil turboreaktiv Aviatsiya dvigateli yaratiddi. Turboreaktiv va turbovintli Aviatsiya dvigateli aso-sida ikki konturli turboreaktiv Aviatsiya dvigateli ishlab chiqildi. Bunday dvigatel tovush tezligidan sekin uchadigan samolyotlarda qo‘llanilib, undagi yonilg‘i sarfi tur-boreaktiv va turbovintli Aviatsiya dvigateli nikiga nisbatan kam. Tovush tezligidan sekin va tez uchadigan samolyotlarning sxemalari turlicha bo‘ladi. Tovush tezligidan tez uchadigan samolyotlardagi turboreak- 5tiv Aviatsiya dvigatelida havo va gazning temperaturasi ancha yuqori bo‘ladi. Unda uchuvchini dvigatelni boshqarishdan ozod qiladigan avtomat tizim bor. Uchish balandligidan qat’i nazar yonilg‘i bosimi, gazlarning kirish oldidagi temperaturasi va boshqa parametrlar riso-ladagidek tutib turiladi.90-yillarda Aviatsiya dvigateli ning tubdan yangi xillari yaratilgani yo‘q, ba’zi tuzilmaviy o‘zgarishlar qilindi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil