Evenk tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tungus tilidan yoʻnaltirildi)
Evenk tili
Milliy nomi ᠧᠠᠩᠬᠢ va Эвэды̄ турэ̄н
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 13 800
Alifbosi Kirill alifbosi, Moʻgʻul yozuvi va Evenki alphabet
Til kodlari
ISO 639-3 evn[1]

Evenk tili, tungus tili - tungus-manjur tillaridan biri; Rossiya Federatsiyasida Sharqda Oxota dengizi sohillaridan Gʻarbda Yenisey daryosigacha, Shim.da Shimoliy muz okeanidan Janubiy da Baykalboʻyi va Amurgacha boʻlgan ulkan hududda, shuningdek, XXR va Moʻgʻulistonda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 65 ming (RFda 30 ming, XXRda 35 mingga yaqin, Moʻgʻulistonda 3 ming) kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Lahjalari 3 asosiy guruhga boʻlinadi: shim., jan. va sharqiy. Sezilarli tafovutlar, xilmaxilliklarga qaramay, bu lahjalar muayyan darajada boshqa tungus-manjus tillariga xos boʻlgan umumiy xususiyatlar majmui bilan birlashganlar, hatto baʼzi olimlar solon va negidal tillarini Evenk tilining lahjalari deb hisoblaydilar. Adabiy tilga jan. lahjaning nep shevasi, 1953-yildan esa poligus shevasi asos boʻlgan. Yozuvi 1931-yildan lotin grafikasi, 1936-yildan esa rus grafikasi asosida shakllangan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. "Evenk tili" OʻzME. E-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil