Tuberkulin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tuberkulin — sil diagnostikasida qoʻllaniladigan preparatlar. Odam va hayvon organizmida allergik reaksiya hosil qilib sil infeksiyasi boryoʻqligini aniqlash uchun qoʻllanadi. Birinchi marta nemis olimi R. Kox olgan. Suyuq T. yoki Kox alttuberkulini sil bakteriyasi oʻstirilgan suyuqlikni bugʻlatib olinadi; quruq tozalangan T. (PPD) bakteriya filtratiga oqsillarni choʻkmaga tushiruvchi kimyoviy moddalar qoʻshish va uni keyin tozalash yoʻli bilan; suyuq tozalangan T. (PPDl) quruq tozalangan T.ni bir xilda eritib hosil qilinadi. Aholini silga qarshi yalpi tekshiruvdan oʻtkazishda T. (qarang Mantu sinamasi)r,an foydalaniladi.