Tsinandali (vino)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tsinandaliwine.jpg

Tsinandali (gruzincha: წინანდალი) — quruq oq gruzin sharobi. Ushbu sharob Gruziyaning eng mashhur sharoblaridan biri sanaladi. SSSR paytida bu sharob birinchi raqamli sharob hisoblangan.[1][2] Tsinandali sharobi, sarob sifatini aniqlashga bagʻishlangan xalqaro sharob koʻrgazmalarida 10 ta oltin va 9 ta kumush medallari bilan taqdirlanga.[3]

Ushbu sharob Rkatsiteli va Mtsvane uzum navlaridan tayyorlanadi (85 % dan 15 % gacha).[4] Ikki-uch yil saqlanishlardan keyingina eng yaxshi xususiyatlarini ochib beradi.[1] Yengil goʻsht va baliq ovqatlari bilan birgalikda ichish mumkin.[1] 10—12 °C da yaxshi sovutilgan holda ichish tavsiya etiladi.

Sharobning kelib chiqish vatani Alazani vodiysida joylashgan Tsinandali qishlogʻi hisoblanib, Aleksandr Chavchavadzening oilaviy mulki hamdir.[4] Tsinandali vinochilik bazasi, shuningdek, Gumbori tizmasining shimoliy-sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan Akura, Vanta, Bushet, Kvemo Xodasheni, Kisiskhevi, Kondoli, Nastakrali, Shalauri, Kurgelelauri, Vardisubani, Gulgula, Ikalto va Ruispiri[5] qishloqlarini oʻz ichiga oladi. Sanoat uzumzorlari asosan dengiz sathidan 300-750 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi oʻrtacha nam, yoz fasli — issiq. Quyosh nurlarining yillik davomiyligi 2 300 soatdan oshadi, doʻl yiliga bir necha marta yogʻadi.[5]

Yuqori sifatli sharob tayyorlashda ishlatiladigan uzumni sentabr oyi oxirida yigʻib olinadi.[5] Rkatsiteli navidagi uzumning oʻrtacha hosildorligi 90-100 sentner/ga ga teng.

Tarixi[tahrir]

Eng qadimgi gruzin sharoblaridan biri hisoblangan Tsinandali sharobini ishlab chiqaruvchi zavod A. Chavchavadze tomonidan tashkil qilingan hamda 1886-yildan buyon ishlab chiqarilib kelmoqda.[4]

Shuningdek qarang[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

Tsinandali // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (asosiy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1961. — 9-jild — 421-bet

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]