Toʻlqin Tojiyev
Toʻlqin Tojiyev | |
---|---|
Tavalludi |
13-aprel 1936-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
13-dekabr 2024-yil (88 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor, dublyaj aktyori |
Faoliyat yillari | 1959—2024 |
Turmush oʻrtogʻi | Manzura Tojiyeva |
Mukofotlari |
Toʻlqin Joʻrayevich Tojiyev (1936-yil 13-aprel Toshkent – 2024-yil 13-dekabr[1]) – Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1959). 1959—1996-yillarda Hamza teatrida aktyor oʻlaroq faoliyat yuritgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N. Gogol, „Revizor“), Edgar, Yago (U. Shekspir, „Qirol Lir“, „Otello“), Mansur va Jomiy (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Orif (I. Sulton, „Imon“), Abdullatif (M. Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“), Jontoy (Ch. Aytmatov, „Sarvqomat dilbarim“) va boshqa Yago – uning sahnadagi eng murakkab, ayni vaqtda eng muvaffaqiyatli rollaridan biri. U yaratgan obrazlarida har bir qahramonga xos xarakter, uning tashqi koʻrinishi va ichki kechinmalarini ochib berishda aktyor mahoratining barkamolligi koʻzga tashlanadi. Chuqur psixologik talqin, ijtimoiy xarakterning oʻtkirligi, yorqin milliy kolorit Tojiyev ijodiga xos. Tojiyev kinodagi rollari bilan ham tanilgan: Jurjoniy („Abu Ali Ibn Sino“), Hakim („Ikkinchi bahor“), Mahmud („Mahallada duvduv gap“), Quddus („Besh ogʻaynilar“), Omon („Bu yerdan chegara oʻtadi“, 3 kismli), Togʻayev („Siz kimsiz?“), Qodirov („Qora baliq izi“, besh qismli, „Lenfilm“), Hasanov („Hayot sening qoʻlingda“) va boshqa Tojiyev dublyaj sanʼati ustalaridan. Radioda „Tabassum“ eshittirishi, „Qarmoq“ satirik radiojurnalining boshlovchisi sifatida tanilgan.
Dublajda ovoz bergan filmlari
„Qilich va qalqon“ (SSSR filmi, 1960);
„Alvon yelkanlar“ (SSSR filmi, 1962);
„Ahmad qayerda?“ (Ozarbayjon filmi, 1963);
„Ayoz bobo“ (SSSR filmi, 1964);
„Ы“ operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari (SSSR filmi, 1965);
„Arshin mol olon“ (Ozarbayjon filmi, 1965);
„U zamonlar oʻtib ketdi“ (Gruziya filmi, 1965);
"Avtomobildan saqlaning<“ (SSSR filmi, 1966);
„Alovuddinning sehrli chirogʻi“ (SSSR filmi, 1967);
„Kavkaz asirasi“ (SSSR filmi, 1967);
„Finist sarlochin“ (SSSR filmi, 1967);
Mukofotlaari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1988-yilda Oʻzbekiston SSR xalq artisti unvoni berilgan[2].
- 1997-yillda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзбекистон халқ артисти Тўлқин Тожиев вафот этди“ (2024-yil 13-dekabr).
- ↑ „Ig‘vo, hasad, bo‘hton. To‘lqin Tojiyev nima uchun teatrdan ketgan edi?“ (2020-yil 13-aprel).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toʻlqin Tojiyev Kino-teatr.ru saytida
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |