Kontent qismiga oʻtish

Toʻlqin Tojiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Toʻlqin Tojiyev
Tavalludi 13-aprel 1936-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 13-dekabr 2024-yil(2024-12-13)
(88 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, dublyaj aktyori
Faoliyat yillari 1959—2024
Turmush oʻrtogʻi Manzura Tojiyeva
Mukofotlari

Toʻlqin Joʻrayevich Tojiyev (1936-yil 13-aprel Toshkent – 2024-yil 13-dekabr[1]) – Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1959). 1959—1996-yillarda Hamza teatrida aktyor oʻlaroq faoliyat yuritgan.

Asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N. Gogol, „Revizor“), Edgar, Yago (U. Shekspir, „Qirol Lir“, „Otello“), Mansur va Jomiy (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Orif (I. Sulton, „Imon“), Abdullatif (M. Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“), Jontoy (Ch. Aytmatov, „Sarvqomat dilbarim“) va boshqa Yago – uning sahnadagi eng murakkab, ayni vaqtda eng muvaffaqiyatli rollaridan biri. U yaratgan obrazlarida har bir qahramonga xos xarakter, uning tashqi koʻrinishi va ichki kechinmalarini ochib berishda aktyor mahoratining barkamolligi koʻzga tashlanadi. Chuqur psixologik talqin, ijtimoiy xarakterning oʻtkirligi, yorqin milliy kolorit Tojiyev ijodiga xos. Tojiyev kinodagi rollari bilan ham tanilgan: Jurjoniy („Abu Ali Ibn Sino“), Hakim („Ikkinchi bahor“), Mahmud („Mahallada duvduv gap“), Quddus („Besh ogʻaynilar“), Omon („Bu yerdan chegara oʻtadi“, 3 kismli), Togʻayev („Siz kimsiz?“), Qodirov („Qora baliq izi“, besh qismli, „Lenfilm“), Hasanov („Hayot sening qoʻlingda“) va boshqa Tojiyev dublyaj sanʼati ustalaridan. Radioda „Tabassum“ eshittirishi, „Qarmoq“ satirik radiojurnalining boshlovchisi sifatida tanilgan.

Dublajda ovoz bergan filmlari

„Qilich va qalqon“ (SSSR filmi, 1960);

„Alvon yelkanlar“ (SSSR filmi, 1962);

„Ahmad qayerda?“ (Ozarbayjon filmi, 1963);

„Ayoz bobo“ (SSSR filmi, 1964);

„Ы“ operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari (SSSR filmi, 1965);

„Arshin mol olon“ (Ozarbayjon filmi, 1965);

„U zamonlar oʻtib ketdi“ (Gruziya filmi, 1965);

"Avtomobildan saqlaning<“ (SSSR filmi, 1966);

„Alovuddinning sehrli chirogʻi“ (SSSR filmi, 1967);

„Kavkaz asirasi“ (SSSR filmi, 1967);

„Finist sarlochin“ (SSSR filmi, 1967);

  • 1988-yilda Oʻzbekiston SSR xalq artisti unvoni berilgan[2].
  • 1997-yillda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.