Toshkentdagi samolyot halokati (2006)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkentdagi samolyot halokati (2006)

Ushbu turdagi Antonov An-2 mashinasi halokatga uchradi
Hodisa
Sana 19-oktyabr, 2006-yil(2006-10-19)
Xulosa Yomon ob-havo sharoiti
Joylashgan joy Toshkent xalqaro aeroporti dan shimoli-sharqda
Turi Antonov An-2
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Roʻyxatdan oʻtish UK-70152
Oxirgi toʻxtash joyi Toshkent
Manzil Toshkent
Yoʻlovchilar 15
Ekipaj 2
Oʻlim holatlari 15 kishi
Jarohatlar 0
Yoʻqolgan 0
Omon qolganlar 0

Toshkent havo halokati 2006-yil 19-oktyabrda Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida yuz berdi. „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasining Antonov An-2 samolyoti favqulodda qoʻnayotgan vaqtida halokatga uchradi. Tabiiy ofat natijasida 15 kishi halok boʻldi (13 yoʻlovchi va 2 ekipaj aʼzosi). Ularning barchasi bortda boʻlganligi maʼlum qilindi[1].

Antonov An-2 samolyoti (reg. №. „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasining UK-70152) samolyoti oʻzining oʻquv parvozini amalga oshirdi. Samolyot yoʻlovchilari parashyutda sakrash boʻyicha mashgʻulotlardan oʻtishi kerak boʻlgan bir guruh oʻzbek askarlari edi. Samolyot Toshkent aeroportidan ertalab soat 7:00 atrofida havoga koʻtarildi. Shahardan bir necha kilometr uzoqlikda ob-havoning tez yomonlashishi kuzatildi[2]. Keyin samolyot uchuvchisi aviadispetcherga samolyotni boshqarishda muammolar vujudga kelayotgani haqida xabar berdi va aeroportga qaytishga qaror qildi. Samolyot uchuvchisi samalyotni Toshkent aeroportiga yetib bora olmasligini aniqladi va yqain atrofdagi keng yerga qoʻnishga qaror qildi. Ushbu manevr paytida samalyot qulab tushdi. Samolyot bir necha boʻlaklarga boʻlinib, yonib ketdi. Antonov An-2 bortidagi 15 kishidan hech biri halokatdan omon qolmadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]