Toshkent yuzasuzari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent yuzasuzari
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Baliqlar
Binar nomi
Albirnoides oblongus

Toshkent yuzasuzari (lotincha: Albirnoides oblongus) – xordalilar tipi, baliqlar sinfiga mansub, chuchuk suvlarda yashovchi baliq turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Chirchiq va Ohangaron daryolari havzasining quyi va oʻrta oqimlarida uchraydi[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzunligi 14,2 sm boshining uzunligi 4,1-4,9 sm, dum suyagi 3,7-4,7 sm. Vazni 34 gr, yashash davomiyligi 6 yil. Tanasining orqa qismi tangachalar bilan qoplangan. Yon tomondagi tangachalari yumshoq tuzilgan. Tana uzunligi 5,2-5,7 sm ga yetgan paytda 2 yoshida jinsiy yetuklikka erishadi. Keyin yillik oʻsish sekinlashdi[2]. May iyun oylarida, suv harorati 16-18 C° boʻlganda koʻpayadi. Erkak baliqlar urgʻochilardan oq tangachalari bilan farq qiladi. Tosh shagʻalli va qumli yoriqlarga tuxum qoʻyadi. Urgʻochi baliq 1300-5200 tagacha uvildiriq qoʻyishi mumkin. Qisqichbaqasimonlar, lichinkalar, hasharotlar, suv oʻtlari, hayvonlarning chiriyotgan qoldiqlari va urugʻlar bilan oziqlanadi. Daryo qirgʻoqlaridagi sayoz joylarda, oqar suvli qoʻltiqlarda, daryoning oqim sekin boʻlgan qismlarida uchraydi[3].

Uchrash joylari va himoya choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Ohangaron va Chirchiq daryolati havzasida uchraydi. Kam sonli toʻdalar hosil qiladi. Oxirgi oʻn yil ichida soni keskin qisqarib ketgan. Daryo oqimining oʻzgartirilishi, suvning kamayishi, ifloslanishi, chet eldan keltirilgan baliq turlari bilan raqobat sababli soni kamayib ketgan. Ugom Chatqol milliy bogʻida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]