Kontent qismiga oʻtish

Toshkent shahridagi ADJU Unversiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent shahridagi ADJU Universiteti

Toshkent shahridagi ADJU Universiteti logotipi
Asos solingan sanasi 2018
Rektori Professor Muratov G’ayrat Azatovich
Talabalari 1128 ta
Bakalavriat 4 yo’nalish
Veb-sayti https://www.ajou.uz/
Fayl:Ajou University Tashkent.png

Toshkent shahridagi ADJU universitetiKoreya Respublikaning Kyonnggi provinsiyasi, Suvon  shahrida joylashgan xususiy tadqiqot universiteti . U 1973-yilda Park Changvon, Fransiya va Koreya Respublikasi hukumatlari tomonidan tashkil etilgan.Toshkent shahrida ADJU universiteti filialini tashkil qilishdan asosiy maqsadi Koreya ta`lim standarti asosida faol va yetakchi talabalarni tayyorlashga qaratilgan yuqori sifatli taʼlim tajribasini taʼminlashdan iborat.

Toshkent shahridagi Adju Universiteti tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahridagi ADJU universiteti Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4041-sonli qaroriga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda ADJU universiteti (Koreya Respublika) – taʼsischilari hamkorligida „Toshkent shahrida ADJU universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi“ tashkil etildi[1]. XXI asrda Osiyoning yetakchi universiteti boʻlish Adju universitetining oliy maqsadi hisoblanadi. Bu oʻz navbatida tarix saxifalarida ham qayd etiladi. Bugungi kunda, biz Oʻzbekistondagi xorijiy universitetlar orasida yetakchilardan biri boʻlishga harakat qilmoqdamiz.

Toshkent shahridagi Adju universiteti bilan imzolangan Memorandumlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
 Toshkent shahridagi Adju universiteti bir qator yetakchi va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega. Shuningdek: Mimar Group,O‘zbekiston Oliy Biznes va Tadbirkorlik maktabi,Artel Kompaniyasi,"Atletik Darje" kompaniyasi,HSNK arxitektura va muhandislik kompaniyasi, Koreya Respublikasining ta'lim markazi ,Toshkent arxitektura-qurilish instituti, British Council, O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, ANHALT amaliy fanlar universiteti, “INTERNATIONAL STUDY SERVICE AGENCY” va ko`plab kanpanyalar bilan hamkorlik aloqalriga ega.[2]. 

Mavjud taʼlim dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020/2021 oʻquv yili uchun Toshkent shahridagi Adju universiteti bakalavriatning uchta yoʻnalishi: Arxitektura, Qurilish tizimlari muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter injiniringi yoʻnalishlarida tahsil olish uchun dastlabki 420 nafar talabaga oʻz eshiklarini ochgan edi. Hozirda Toshkent shahridagi ADJU universiteti quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat taʼlim dasturlarini taqdim etadi

  • 1.Аrxitektura – bu bino, inshoot va shaharlarni barpo etish hamda bunyod etilgan meʼmoriy komplekslarni boshqarish jarayonlarining uygʻunligi. Ushbu soha keng doiradagi chuqur oʻzlashtirilgan bilimlarni talab qiladi. Toʻrt yilga moʻljallangan xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan arxitektura taʼlim yoʻnalishi meʼmoriy dizayn, qurilish tuzilmasi, bunyodkorlik, mexanika va elektron tizim kabi oʻquv dasturlarni oʻz ichiga oladi. Yuksak kasbiy bilim va mahoratni egallagan, salohiyatli va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega boʻlgan arxitektorlar, muhandislar va yosh menejerlarning yangi avlodini shaklantiradi. Arxitektura fakulteti bitiruvchilari nafaqat ushbu sohadagi tashkilotlar yoki yirik qurilish bunyodkorlik kompaniyalarda, balki boshqa jamiyatning boshqa turli sohalarida, jumladan, ilm-fan va tadqiqot, koʻchmas mulk, konsalting, kompyuter grafikasi, vizual dizayn kabi yoʻnalishlarda ham faoliyat koʻrsatishi mumkin.[3]
  • 2.Qurilish muhandisligi-inson uchun qulay va maqbul muhitni barpo etuvchi soha. Bu tabiiy resurslardan samarali foydalanish va boshqarishga qaratilgan intizomdir. Asosan bitiruvchi talabalar, yirik qurilish yoki bunyodkorlik kompaniyalarida ishlashadi. Ular davlat miqyosidagi qurilish loyihalarda yoki nodavlat qurilish sektorida ham faoliyat yuritadi. Baʼzi bitiruvchilar yanada chuqurroq bilim olish magistraturaga kiradi yoki turli ilmiy-tadqiqot institutlarida fan bilan shugʻulanadi.[4]
  • 3.Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi-taʼlim yoʻnalishi insoniyat manfaatiga xizmat qiluvchi yangi imkoniyatlarni yaratadi. Jamiyat farovonligiga hissa qoʻshadigan chuqur kasbiy bilim va mahoratni egallagan muhandis va boshqaruvchilarni shakllantiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun biz talabalarga elektron qurilma va materiallar, multimedia tarmoq va aloqalar, mikrotoʻlqinli radio aloqalar, kompyuter va avtomatik boshqaruv tizimlari kabi oʻquv fanlaridan taʼlim beramiz. Sanoat talabiga muvofiq quyidagi uchta asosiy yaʼni yarimoʻtkazgich, mobil va avtomobil axborot texnologiyalarga urgʻu bergan holda kengaytirilgan taʼlimni dasturini taqdim etamiz.[5]:

Toshkent shahridagi ADJU Unversiteti 2023-2024 yilgi oʻquv yili uchun yangi yoʻnalish Koreys tili va filologiyasi uchun ham oʻz qabulini ochgan. Har bir yoʻnalish uchun berilgan[6]:

Oʻqitish tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet taʼlim jarayonlariga Toshkent shahridagi ADJU universiteti rektori Muratov G’ayrat Azatovich boshchilik qiladi[7]. Universitetda bugungi kunda bakalvir taʼlim darajasida 1128 ga yaqin talaba tahsil olmoqda[8].

Muratov Gʻayrat Azatovich. ADJU Universiteti rektori
Muratov Gʻayrat Azatovich. Toshkent shahridagi ADJU universiteti rektori

Filial yiliga uch marta talabalarni qabul qiladi. Shu tartibda, qabul qilingan guruhlar Sentabr oyida oʻqishni boshlaydilar.

Oʻqitish tizimi ais.ajou.uz elektron taʼlim platformasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu elektron taʼlim platformasi kompyuter va mobil uyali aloqa telefonlariga yuklangan holda, uy vazifasi va topshiriqlarni yuklash, fanlarning onlayn muhokamasida ishtirok etish, olingan bilimlarni mustahkamlash uchun onlayn testlarni bajarish va oʻqituvchi bilan bevosita onlayn aloqa qilish imkonini beradi.

 Professor oʻqituvchilarimiz darslarni yangi texnologiyalar, zamonaviy dasturlar, fanga boʻlgan yangicha qarashlar bilan olib boradi. Bizning professor oʻqituvchilarimiz “Pedagoglar oluvchi emas, balki beruvchilar” qatorida faoliyat olib borishni maqsad qilib olgan.

Toshkent shahridagi Adju universiteti Oʻzbekiston va Koreya davlatlari oʻrtasidagi xamkorlik aloqalarini yanada mustaxkamlash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, taʼlim, fan va texnologiya sohasida xorijiy davlatlar, xususan, Koreya Respublikasining yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlash Toshkent shahridagi Adju universiteti maqsadi hisoblanadi. Universitet taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlarini hisobga olgan holda Ajdu universiteti (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi. Oʻquv jarayoniga Koreya Respublikasidan professor-oʻqituvchilar, xorijlik mutaxassislar, xorijdagi yetakchi oliygohlar bitiruvchilari orasidan shakllantirilgan milliy kadrlar jalb etilgan. Bizdagi muhit yuqori darajada ijobiy shakllangan. Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olingan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilangan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Toshkent shahridagi ADJU Unversiteti Qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabul uchun meʼzonlar Mahalliy va xorijiy oʻrta taʼlim muassasalarini tugatgan yoki 2023-yilning birinchi yarmida bitirayotgan oʻquvchilar.

Ingliz tilini bilish daraja sertifikatlari mavjud boʻlgan abiturientlar uchun.


                Mahalliy abiturientlar.

Ingliz tili uchun talab: IELTS 5,0 va undan yuqori hamda ushbu darajaga teng sertifikat.

Ingliz tili ona tili yoki davlat tili boʻlgan mamlakatlarda oʻrta yoki oliy taʼlim muassasalarini tugatgan abiturientlar ingliz tiliga qoʻyilgan talabdan ozod qilinadi.


IELTS sertifikatlari mavjud boʻlmagan abiturientlar oʻqishga qabul qilinganlaridan soʻng bir akademik yil davomida talab qilingan IELTS sertifikatini taqdim qilishi lozim (2024 yil avgust oyining oxiriga qadar).


                    Imtiyozli qabul

– Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarilari .

– Toshkent shahridagi Adju universitetining fan olimpiada gʻoliblari va yuqori ball olganlar.

– Universitet qoshidagi tayyorlov kurslarini aʼlo baholarga bitirganlar. Talab etiladigan hujjatlar


                 Mahalliy abiturientlar

1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport / ID).

2. Taʼlim haqidagi hujjat (Shaxodatnoma yoki Diplom), baholarning koʻchirmasi bilan birga.

3. Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron foto surat – 3.5 sm * 4.5 sm.

4. IELTS 5.0+ yoki uning ekvivalenti (agar mavjud boʻlsa).


                 Xorijiy abiturientlar

1. Oʻzi haqida maʼlumot taqdim qiladi.


●Barcha mahalliy va xorijiy abiturientar Toshkent shahridagi Adju universitetining rasmiy saytida www.admission.ajou.uz online shaklida roʻyxatdan oʻtishi lozim.

●Qabul uchun talab qilingan hujjatlar skaner qilingan holatda, universitet vebsaytining „qabul“ sahifasiga qabul jarayonining yakuniga qadar yuklanishi kerak. (Qabul qilinadigan fayllar JPEG, PNG, PDF formatida boʻlishi lozim). Elektron pochta joʻnatmalari qabul qilinmaydi.

●Har qanday soxta hujjatlar uchun abiturentga nisbatan jazo choralari qoʻllanadi.

●Oʻqishga qabul qilingan abiturentlar roʻyxati eʼlon qilingandan soʻng, hujjatlarning asl nusxalari ariza topshirish muddati tugaguniga qadar topshirishi kerak.[9]