Toshkent noki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent noki - xalq seleksiyasida chikarilgan kechpishar nok navi. Toshkent sh. va shahar atrofida koʻp ekiladi. Daraxti baquvvat, bal. 15 m ga boradi. Shoxshabba kengligi 8–9 m, serbarg. Novdalari kuchli oʻsadi, toʻq jigarrang. Barglari yirik, tuxumsimon, choʻziq, toʻq yashil, yaltiroq, aprelning birinchi yarmida gullaydi. Mevasi oʻrtacha, voronkasimon, vazni 200—250 g (ayrimlari 300—400 g ga boradi). Eti oqishsariq, sersuv, xushboʻy, sal nordonroq. Tarkibida 10,4% qand, 16,6% quruq modda, 0,33% kislota bor. Urugʻi yirik. Koʻchati ekilgandan soʻng 4—5 yili hosilga kiradi. Kuchli oʻsadigan payvandtagda yaxshi rivojlanib, moʻl hosil beradi. Okt. oyining birinchi dekadasida teriladi. Hosildorligi yuqori, lekin solkash. Har tupidan 500–600 kg gacha hosil beradi. Qurgʻoqchilikka chidamli. Mevasi yanvar

gacha yaxshi sakdanadi (yana qarang Nok).