Toshkent kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent kanali (yuqori qismida)

Toshkent kanali, I.A.Polvonov nomidagi Toshkent kanal i — Chirchiq daryosidan suv oladigan Chapkirgʻoq Qorasuv daryosida qurilgan magistral kanal, 1940 yilda xalq hashari yoʻli bilan qurilgan. 1958—65 yillarda kanal tubdan rekonstruksiya qilingan. Kanalga Chapqirgʻoq Krrasuv daryosining 36 km dan suv olinadi, umumiy uz. 62 km, bosh qismidagi suv sarfi —87 m³/sek, sugʻorish maydoni 70 ming ga. Daryoning chap tomonidagi qoʻriq yerlarni sugorishga imkon beradi. Kanal kam suvli Ohangaron tizimini Chirchiq daryosining suvi bilan toʻyintiradi.

Kanalda Shimoliy, Janubiy, Boʻrjar, Chilisoy, Oʻngqirgʻoq va Chapqirgʻoq kabi tarmoqlariga suvchiqargichlar, koʻpriklar, ikkita suv toʻskich, Toshkent kanali bilan Ohangaron daryosi kesishgan joyda 145, 94 va 100 m uzunliklagi 3 ta dyuker, oʻng kirgʻogʻida yoʻl qurilgan. 1dyukerdan Tuyaboʻgʻiz suv omboriga Oxangaron daryosi orkali suv tashlanadi. Asosiy suv taqsimlash uzellari elektrlashtirilgan va telefon aloqasi bilan taʼminlangan. Kanalning 1941 yilda qurilgan, oʻng va chap tarmoqdari eng yi^ik tarmoklar hisoblanadi. Ung tarmoq uz. 38 km, suv oʻtkazish imkoniyati 12 m³/sek, unda 30 ga yakin sharshara, tezoqar va suvchiqargichlar mavjud. Chap tarmoq 20-asrning 60-yillarda rekonstruksiya qilingan. Uz. 25 km va suv oʻtkazish imkoniyati 26 m³/sek. 1969 yilda Toshkent kanaliga Oʻzbekistonda irrigatsiya qurilishi va suv xoʻjaligining faol rahbarlaridan biri Ilyos Polvonov (1905 — 1969) nomi berilgan.

Ziyomiddin Artukmetov.