Toshkent hayvonot bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent hayvonot bogʻi
Toshkent hayvonot bogʻining sxemasi

Toshkent hayvonot bogʻi — maʼrifiy va ilmiy tadqiqot ishlari olib boradigan muassasa. 1924-yilda 3 ga maydonda Oʻrta Osiyo universiteti biolog olimlari tashabbusi bilan sobiq podsho generalgubernatorining shahar chekkasidagi dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan. 1940-yillar oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bogʻiga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qaroriga koʻra, 1994—97 yillarda Toshkent hayvonot bogʻib. uchun barcha zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi hayvonot bogʻi qurildi. Botanika bogʻi yaqinida joylashgan mazkur hayvonot bogʻiga 1997-yil 1-sentyabrda Toshkent hayvonot bogʻib. koʻchib oʻtdi. Umumiy maydoni 22,7 ga. 349 turdagi 3 000 dan ortiq jonivorlar, shu jumladan, sut emizuvchilarning 58 turi, qushlarning 74 turi, reptiliyalar va amfibiyalarning 26 turi, baliqlarning 191 turi (2 141 dona) saqlanadi (2004). Akvarium boʻlimida dengiz akvasistemasi barpo etilgan boʻlib, unda dengiz jonivorlari, akula va baliqlar, poliplar va boshqa yashash uchun sharoitlar yaratilgan. Hayvonot bogʻi yirtqich qushlarni koʻpaytirishga ixtisoslashgan (qoraqush, kalxat, boltayutar, kondor va boshqalar). Noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlar turlarini koʻpaytirish boʻyicha ilmiy ishlar olib boriladi. Chet ellardagi 86 muzey bilan hayvonlar va ilmiy axborotlar almashish boʻyicha hamkorlik qiladi. 1998-yildan Yevropa—Osiyo zooparklar va akvariumlar mintaqaviy uyushmasiga aʼzo. Toshkent hayvonot bogʻib. Ashxobod, Termiz, Dushanba, Olmaota hayvonot bogʻlarini tashkil topishida bevosita ishtirok etgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]