Too Close

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Too Close“
Alex Clare singli
„The Lateness of the Hour“ albomidan
B tomon „Remixes“
Chiqarilgan sanasi 15-aprel 2011-yil
Yozib olingan 2010
Davomiyligi
  • 4:16 (albom versiyasi)
  • 3:43 (radio versiyasi)
Leybl Island
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Alex Clare singllari xronologiyasi
„Up All Night“
(2010-yil)
Too Close
(2011)
„Treading Water“
(2011-yil)

Too Close“(oʻzb:Juda yaqin) — ingliz qoʻshiqchisi Alex Clare tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. „Too Close“ qoʻshigʻi birinchi marta Buyuk Britaniyada Clarening 2011-yil 15-aprelda chiqarilgan studiyaviy albomi „The Lateness of the Hour“(2011) da ikkinchi singl sifatida chiqarilgan. „Too Close“ qoʻshigʻi Jim Duguid va Clarelar hamkorligida yozilgan.Qoʻshiq produserlari Major Lazer,Mike Spencer va Ariel Rechtshaidlar hisoblanadi. Lirik jihatdan, „Too Close“ qoʻshigʻi sodoqat asosiga qurilgan munosabatlarga tayyor boʻlmagan qahramonni tasvirlaydi.

„Too Close“ qoʻshigʻi Microsoft kompaniyasining Internet Explorer 9 dasturi uchun reklama kampaniyasida qoʻllanilganidan keyin mashhur boʻlib ketdi. „Too Close“ qoʻshigʻi Germaniya va Lyuksemburg chartlarida birinchi raqamli hit musiqaga aylandi. Qoʻshiq koʻplab mamlakatlarda, jumladan Buyuk Britaniya chartida 4-oʻrinni egallagan va AQSh chartida 7-oʻrinni egallab, birinchi oʻntalik xit qoʻshiqqa aylandi. „Too Close“ qoʻshigʻi, shuningdek, RIAA tomonidan beriladigan qoʻsh platina sertifikatiga ega.. „Too Close“ qoʻshigʻi 2013-yilgi „Brit Awards“ mukofotini topshirish marosimida „eng yaxshi ingliz singl uchun“ Brit mukofotiga nomzod boʻlgan[1].

Fon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Clarening aytishicha, „Too Close“ qoʻshigʻi yaqin doʻst bilan boʻlgan munosabatlardan ilhomlanib yozilgan[2].

„Too Close“ qoʻshigʻi birinchi marta Buyuk Britaniyada 2011-yil 15-aprelda „The Lateness of the Hour“ albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. 2012-yil mart oyida „Too Close“ qoʻshigʻi Microsoft kompaniyasining Internet Explorer 9 dasturi reklamasi uchun soundtrek sifatida tanlandi[3].Bu reklamadan keyin „Too Close“ qoʻshigʻi omma eʼtiboriga tushdi va xit qoʻshiqqa aylana boshladi. Bu jarayon Clarening musiqiy karyerasi va iqtisodiy hayotida katta burilish yasadi. Chunki „Too Close“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniyaning "UK Singles Chart"iga kirishidan oldin, Clare oʻz musiqiy albomining yomon sotuvi tufayli koʻchmas mulk agenti sifatida ishga kirishga majbur boʻlgandi[4]. Chartdagi muvaffaqiyatidan koʻp oʻtmay, „Universal Republic Records“ Clare bilan „The Lateness of the Hour“ albomining AQShda chiqarilishiga ruxsat beruvchi shartnomasini imzoladi[5].

Chart va savdo koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq namoyish etilgan Microsoft reklama kampaniyasining premyerasidan bir necha hafta oʻtgach, „Too Close“ qoʻshigʻi 100 000 dan ortiq donada sotildi[6][7].Shuningdek, „Too Close“ qoʻshigʻi "Billboard Hot 100" roʻyxatida 68-oʻrinni egalladi.Haftalik chartlarda esa uchinchi oʻringa koʻtarildi[8]. Qoʻshiq sentyabr oyida Fox TV telekanalining „ So You Think You Can Dance“ ko‘rsatuvida namoyish etilgani tufayli qoʻshiqni yuklab olish soni koʻpaydi.Natijada „Too Close“ qoʻshigʻi chartda birinchi oʻntalikka chiqdi(hafta davomida 127 000 ta yuklab olingan)[9]. „Too Close“ qoʻshigʻi AQShning „Billboard Hot 100“ charti roʻyxatida 7-oʻrinni egalladi. „Too Close“ qoʻshigʻi 2013-yil may oyi holatiga koʻra AQShda 3 milliondan ortiq marotaba yuklab olingan[10].

Buyuk Britaniyada „Too Close“ qoʻshigʻi Microsoft kompaniyasining premerasidan soʻng bir necha hafta ichida 70 000 dona nusxada sotilgan[11]. „Too Close“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniyaning "UK Singles Chart"ida toʻrtinchi, Germaniya va Lyuksemburg chartlarida esa birinchi oʻrinni egalladi. „Too Close“ qoʻshigʻi 2012-yilda Buyuk Britaniyada eng koʻp sotilgan singllar roʻyxatida oʻn sakkizinchi oʻrinni egalladi (557 000 dona sotilish koʻrsatkichi bilan)[12].

Musiqa videosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Too Close" qoʻshigʻining videosi 2011-yil 15-martda You Tube ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirildi.Qoʻshiq videosi davomiyligi jami toʻrt daqiqa oʻn sakkiz soniya edi. Videoda Clarening stulda oʻtirgan holda qoʻshiq kuylashi va ikkita qora kiyimli sportchilarning kendo oʻyini oʻynayotgan tasvirlari mavjud.Sportchilar oʻrtasidagi oʻyin jangi eski zavod binosiga oʻxshash maydonda oʻtkazilgan. Alex Clarening soʻzlariga koʻra, u dastlab samuraylar musiqiy videoda bir-birlarini oʻldirishlarini xohlagan, ammo byudjet bunga yoʻl qoʻymagan, shuning uchun Clare kendo jangchilari bilan video suratga olishga majbur boʻlgan[13].

Qoʻshiq videosi dastlab umuman foyda keltirmagan, lekin Internet Explorer 9 reklama kampaniyasi premyerasidan ikki oy oʻtgach, video juda mashhur boʻlib ketgan."Too Close" qoʻshigʻining videosi 2013-yil 24-fevralga kelib, You Tubeda 40 milliondan ortiq marotaba koʻrildi. 2022-yil sentyabr oyi holatiga koʻra, „Too Close“ qoʻshigʻining videosi 79 milliondan ortiq tomosha qilingan[14].

„Too Close“ qoʻshigʻining videosi uchun muqobil musiqiy video 2012-yil 28-avgustda YouTubega joylashtirildi[15]. Shuningdek, "Taken 2 " filmidan olingan kadrlar bilan musiqiy videoning boshqa versiyasi ham mavjud[16].

Koverlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil oktyabr oyida Leona Lewis „The Sun“ jamoasi bilan „Too Close“ qoʻshigʻining akustik koverini ijro etdi[17].Tim Halperin va Macy Maloy ham „Too Close“ qoʻshigʻining koverini ijro etishgan.

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haftalik chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (2011-12) Oʻrin
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya (ARIA)[18] 66
Avstriya bayrogʻi Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[19] 5
Belgiya bayrogʻi Belgiya (Ultratip Flanders)[20] 15
Belgiya bayrogʻi Belgiya (Ultratop 50 Wallonia)[21] 36
Kanada bayrogʻi Kanada (Canadian Hot 100)[22] 14
Chexiya bayrogʻi Chexiya (Rádio Top 100)[23] 19
Daniya bayrogʻi Daniya (Tracklisten)[24] 29
Fransiya bayrogʻi Fransiya (SNEP)[25] 9
Olmoniya bayrogʻi Germaniya (Official German Charts)[26] 1
Vengriya bayrogʻi Vengriya (Rádiós Top 40)[27] 14
Irlandiya bayrogʻi Irlandiya (IRMA)[28] 47
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Dutch Top 40)[29] 37
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Single Top 100)[30] 33
Shotlandiya Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[31] 6
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya (Schweizer Hitparade)[32] 12
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[33] 4
AQSH bayrogʻi AQSh (Billboard Hot 100)[34] 7
AQSH bayrogʻi AQSh (Adult Contemporary)[35] 25
AQSH bayrogʻi AQSh (Adult Top 40)[36] 4
AQSH bayrogʻi AQSh (Dance/Mix Show Airplay)[37] 7
AQSH bayrogʻi AQSh (Mainstream Top 40)[38] 4
AQSH bayrogʻi AQSh (Rock Airplay)[39] 3
AQSH bayrogʻi AQSh (Hot Rock & Alternative Songs)[40] 2
AQSH bayrogʻi AQSh (Rhythmic)[41] 34

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Brit Awards: Emeli Sande gets four nominations“.
  2. Kia Makarechi. „Alex Clare & 'Too Close': Singer Talks New Fame, Working With Diplo & Dating Amy Winehouse“. HuffPost (2012-yil 24-iyul).
  3. „New Internet Explorer Ad featuring singer Alex Clare“. Microsoft (2012-yil 5-mart).
  4. David Whitehouse. „How a TV ad gave estate agent Alex Clare a second shot at pop“. The Guardian (2012-yil 19-may).
  5. Maeve McDermott. „Meet Alex Clare, the voice behind 'Too Close'“. USA Today (2012-yil 15-iyul).
  6. Maeve McDermott. „Meet Alex Clare, the voice behind 'Too Close'“. USA Today (2012-yil 15-iyul).
  7. Andrew Hampp. „Alex Clare Talks Microsoft Ad, Amy Winehouse & Career Re-Start“. Billboard (2012-yil 14-aprel). Qaraldi: 2012-yil 20-aprel.
  8. Paul Grein. „Week Ending March 25, 2012. Songs: For fun. And Profit“. Chart Watch. Yahoo (2012-yil 28-mart).
  9. Paul Willams. „US charts: Alex Clare breaks into Hot 100 Top 10“. MusicWeek (2012-yil 13-sentyabr).
  10. Paul Grein. „Week Ending May 26, 2013. Songs: "Clouds" Takes Off“. Chart Watch. Yahoo Music (2013-yil 29-may).
  11. David Whitehouse. „How a TV ad gave estate agent Alex Clare a second shot at pop“. The Guardian (2012-yil 19-may).
  12. Dan Lane. „The Official Top 40 Biggest Selling Singles Of 2012 revealed!“. Official Charts Company (2013-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  13. Kia Makarechi. „Alex Clare & 'Too Close': Singer Talks New Fame, Working With Diplo & Dating Amy Winehouse“. HuffPost (2012-yil 24-iyul).
  14. „Alex Clare - Too Close (OFFICIAL VIDEO)“.
  15. „Alex Clare - Too Close (Official Video)“.
  16. „Alex Clare - Too Close (Taken 2 version)“.
  17. Williott. „Leona Lewis Covers Alex Clare's "Too Close": Watch The Unplugged Take“. Idolator (2012-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
  18. Week Commencing ~30 July 2012~ Issue #1170“ ARIA Top 100 Singles. National Library of Australia. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  19. "Alex Clare – Too Close" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40.
  20. "Alex Clare – Too Close" (niderlandcha). Ultratip.
  21. "Alex Clare – Too Close" (fransuzcha). Ultratop 50.
  22. "Alex Clare Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard.
  23. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – RADIO – TOP 100 and insert 201226 into search.
  24. "Alex Clare – Too Close". Tracklisten.
  25. "Alex Clare – Too Close" (fransuzcha). Les classement single.
  26. "Alex Clare – Too Close" (olmoncha). GfK Entertainment Charts.
  27. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Rádiós Top 40 játszási lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége.
  28. "Chart Track: Week 21, 2012". Irish Singles Chart.
  29. "Nederlandse Top 40 – week 24, 2011" (niderlandcha). Dutch Top 40.
  30. "Alex Clare – Too Close" (niderlandcha). Single Top 100.
  31. "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company.
  32. "Alex Clare – Too Close". Swiss Singles Chart.
  33. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company.
  34. "Alex Clare Chart History (Hot 100)". Billboard.
  35. "Alex Clare Chart History (Adult Contemporary)". Billboard.
  36. "Alex Clare Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard.
  37. "Alex Clare Chart History (Dance Mix/Show Airplay)". Billboard.
  38. "Alex Clare Chart History (Pop Songs)". Billboard.
  39. "Alex Clare Chart History (Rock Airplay)". Billboard.
  40. "Alex Clare Chart History (Hot Rock & Alternative Songs)". Billboard.
  41. "Alex Clare Chart History (Rhythmic)". Billboard.