Tomasz Kupisz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tomasz Kupisz
Kupisz 2011
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-yanvar 1990-yil (1990-01-02) (34 yosh)
Tavallud joyi Radom, Polsha
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jagiellonia Białystok
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2004 Junior Radom
2004—2006 KS Piaseczno
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2010 Wigan Athletic 0 (0)
2006—2007Oldham Athletic (ijara) 3 (0)
2010—2013 Jagiellonia Białystok 95 (11)
2013—2017 Chievo 1 (0)
2014—2015Cittadella (ijara) 19 (4)
2015—2016Brescia (ijara) 40 (6)
2016—2017Novara (ijara) 27 (1)
2017—2018 Cesena 31 (1)
2018—2019 Ascoli 9 (0)
2019Livorno (ijara) 9 (0)
Milliy terma jamoa
Polsha U17
Polsha U19 14 (4)
2010 Polsha U20 2 (0)
2010—2012 Polsha U21 10 (1)
2010—2013 Polsha 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tomasz Kupisz (talaffuzi: Tomash Kupisz; 1990-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, Ekstraklasa vakili Jagiellonia Białystok klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kupisz Wigan Athleticdagi muvaffaqiyatli sinovdan soʻng 2007-yil fevral oyida klubga qoʻshildi. Avvalroq Polshaning KS Piaseczno jamoasida oʻynagan. Laticsdagi debyutini 2008-yilning 26-avgustida Liga kubogi doirasida Notts Countyga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va 4:0 hisobidagi g‘alabali oʻyinning yakuniy golni kiritdi[1]. Gol urganiga qaramay, kubok oʻyinlaridan keyin tarkibda koʻp koʻrinish bermadi.

2009—2010-yilgi mavsumda asosan qanotda oʻynadi, oʻn uchta oʻyinda oltita gol urdi[2][3]. Kupisz „Manchester United“ va „Liverpool“ning zaxira jamoalariga ham gol kiritgan edi[4][5]. Ammo asosiy jamoada oʻzining oʻrnini topa olmadi va uning klub bilan shartnomasi 2010-yilning iyun oyida yakuniga etdi[6].

2010-yilning 2-iyunida Polshaning Jagiellonia Białystok klubi Kupisz bilan shartnoma imzoladi. Klubga erkin agent sifatida qoʻshilgandi[7]. 29-iyul kuni „Jagiellonia“ safidagi rasmiy debyutini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida Aris Thessaloniki ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, jamoasi 1:2 hisobida magʻlub boʻldi[8].

2016-yilning 5-iyulida 2016—2017-yilgi mavsum uchun A. C. ChievoVeronadan ijara asosida Novaraga o‘tdi[9].

2017-yil 29-iyun kuni Cesena klubiga qoʻshildi[10].

2018-yilning 28-iyulida B Seriyaning Ascoli Calcio klubiga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi[11]. 2019-yil 22-yanvarda Livornoga ijaraga oʻtdi[12].

2019-yil 13-iyulda C Seriyaning Bari jamoasiga oʻtdi. 2020-yilning 24-yanvarida B Seriyaning Trapani klubiga ijara asosida o‘tdi[13]. 2020-yil 15-sentabrda sotib olish opsiyasi bilan Salernitanaga ijaraga o‘tdi[14].

2022-yilning 31-yanvarida Kupisz sotib olish opsiyasi bilan Regginaga ijaraga berildi[15].

2022-yil 2-sentabrda Pordenone bilan shartnomasini bekor qilganidan koʻp oʻtmay, Italiyani tark etdi va ikki yillik shartnoma asosida Jagielloniaga qaytdi[16].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kupisz Polshanining U19 va U21 terma jamoalarida oʻynagan. 2010-yil dekabr oyida milliy terma jamoadagi debyutini Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazdi[17].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-dekabr, 2017-yil holatiga koʻra[18]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Jagiellonia Białystok 2010—2011 Ekstraklasa 30 5 5[lower-alpha 1] 0 2 0 37 5
2011—2012 29 5 1 1 2 0 32 6
2012—2013 30 1 4 3 - 34 4
2013—2014 6 0 1 0 - 7 0
Jami 95 11 11 4 4 0 110 15
Chievo 2013—2014 Serie A 1 0 0 0 - 1 0
2014—2015 0 0 0 0 - 0 0
Jami 1 0 0 0 - 1 0
Cittadella (ijara) 2014—2015 Serie B 19 4 0 0 - 19 4
Brescia (ijara) 2015—2016 Serie B 40 6 2 0 - 42 6
Novara (ijara) 2016—2017 Serie B 27 1 1 0 - 28 1
Cesena 2017—2018 Serie B 13 1 2 0 - 15 1
Jami faoliyati 195 23 16 4 4 0 215 27
  1. One appearance in Polish SuperCup

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Terma jamoa Ishtirok Gollar
—2009 Polsha U19 14 4
2010 Polsha U20 2 0
2010—2012 Polsha U21 10 1
2010—2013 Polsha 4 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jagiellonia Białystok

  • Polsha Superkubogi: 2010-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Wigan 4—200 Notts County“. BBC Sport (2008-yil 26-avgust).
  2. „RESERVES & YOUTH SEASON ROUND-UP“. WiganLatics.co.uk (2010-yil 11-may). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Skrzydłowy Wigan na testach w Jagiellonii“. gazeta.pl (2010-yil 13-may).
  4. „RESERVES 3—202 LIVERPOOL: MATCH REPORT“. WiganLatics.co.uk (2010-yil 8-aprel). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „REPORT: RESERVES 1—200 MAN UTD“. WiganLatics.co.uk (2010-yil 26-aprel). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Z Wigan do Jagiellonii“. Przeglad Sportowy (2010-yil 4-iyun). 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Tomasz Kupisz piłkarzem Jagiellonii“. wp.pl (2010-yil 2-iyun).
  8. 90minut.pl — Tomasz Kupisz
  9. „Official: Tomasz Kupisz to Novara“. AC ChievoVerona (2016-yil 5-iyul). 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  10. „Conclusa operazione con l'A.C. Chievo Verona“. A.C. Cesena (2017-yil 29-iyun). 2017-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  11. „Calciomercato: ufficiale Kupisz fino al 2020.“ (Italian). Ascoli (2018-yil 28-iyul).
  12. „NUOVO ACQUISTO DEL LIVORNO CALCIO“ (Italian). Livorno (2019-yil 22-yanvar). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  13. Trapani (2020-yil 24-yanvar). „Arriva in prestito dal Bari il centrocampista Tomas #Kupisz, che già domani si aggregherà alla squadra per la trasferta di Venezia.“ (Italian). Press-reliz.
  14. Salernitana (2020-yil 15-sentyabr). „Tomasz Kupisz è un giocatore della Salernitana“ (Italian). Press-reliz.
  15. Reggina (2022-yil 31-yanvar). „TOMASZ KUPISZ È UN CALCIATORE AMARANTO“ (it). Press-reliz.
  16. „Tomasz Kupisz wraca do Jagi!“ (pl). Jagiellonia Białystok (2022-yil 2-sentyabr). 2022-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  17. „Ostatnie spotkanie z kadrą w tym roku, czyli Polska – Bośnia i Hercegowina Z Czuba i na żywo“ (Polish). Gazeta Wyborcza (2010-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 13-yanvar.
  18. Tomasz Kupisz Soccerway saytida